Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi.


 

Yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglament tasdiqlandi.

Unga koʻra, yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari DXM yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladi.

Bunda ariza toʻldirilib, unga quyidagilar ilova qilinadi:

ishonchnoma (ariza beruvchining vakili murojaat qilganda);

yer uchastkasini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qaror (ariza beruvchi – yuridik shaxs boʻlsa).

Ariza tuman (shahar) qurilish boʻlimi, kadastr filiali tomonidan koʻrib chiqilishi uchun “Yerxususiylashtirish” axborot tizimiga yuboriladi. Kadastr filiali ariza tushgan kundan 5 ish kunida maʼlumotlarni tekshiradi.

Tuman (shahar) qurilish boʻlimi 3 ish kunida yer joylashgan hududning (aholi punkti yoki ular orasidagi hududni) rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlarga yer uchastkasi joylashuvining muvofiqligini koʻrib chiqadi. “Yerxususiylashtirish” axborot tizimida ariza natijalari boʻyicha (kelishilganligi yoki rad etilganligi) xabarnoma shakllantirilib, ariza beruvchiga yuboriladi.

Shunga koʻra, ariza beruvchi 10 ish kunida yerni sotib olish toʻlovini amalga oshiradi. Toʻlov oʻz vaqtida toʻlanganda, yerga mulk huquqini beruvchi davlat orderi shakllantiriladi.

Kadastr boshqarmasi order asosida 2 ish kunida yerga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va undan koʻchirmani ariza beruvchiga yoki DXMga yuboradi.

Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun BHMning 10 foizi (27 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

YAIDXP orqali xizmat koʻrsatilganda yigʻim miqdoridan 10% chegirma mavjud. Reglament kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

 

A.Abdullaxatov

Boʻka tuman davlat xizmatlari

markazi bosh mutaxassisi