Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Litsenziya olish endi oson


 

Litsenziya olish endi oson

 

                Ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni soddalashtirish uchun biznesning turli yoʻnalishlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartibi yanada takomillashtirildi. Unga koʻra, aholi sogʻligʻiga va jamiyatga ziyon yetkazmaydigan litsenziya va ruxsat etish hujjatlarning ayrim turlarini qisqartirish va tartibga solishning muqobil usullariga oʻtkazish, tadbirkorlik subyektlaridan ortiqcha hujjat talab qilmaslik va ularning vaqt hamda mablagʻlari sarflanishini kamaytirish uchun tartib-taomillarni soddalashtirish, tegishli hujjatlarni berish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish orqali shaffoflikni taʼminlash belgilangan.

Yaʼni, 2021-yil 1-yanvardan boshlab litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning:

– ayrim turlari umuman bekor qilinadi (masalan, avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalashda:auditorlik faoliyati va boshqalar);

– ayrim turlari birlashtirish yoʻli bilan bekor qilinadi (veterinariya preparatlari, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun biologik preparatlarni sotish, obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma va boshqalar);

– ayrim turlari xabardor qilish tartibi joriy etilishi yoʻli bilan bekor qilinadi (lombardlar faoliyatiga litsenziya, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish faoliyatiga litsenziya, veterinariya faoliyatini litsenziyalashda veterinariya davolash-profilaktika ishlari).

Xabardor qilish tartibi joriy etilgan faoliyat (harakat) uchun rasmiylashtirilgan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishi oʻz kuchida qoladi va ushbu faoliyat (harakat)ni amalga oshirish uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi.

“Litsenziya” axborot tizimi haqida eshitganmisiz?

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari qulay boʻlishi uchun maxsus “Litsenziya” axborot tizimi ishlab chiqilib, sinov tariqasida ishga tushirildi. Mazkur tizim yuqorida aytilgan barcha jarayonlarni oʻz ichiga qamrab olib, idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik qilish imkoniyatiga ega. Shuningdek, tadbirkorlar qulayligi uchun “Litsenziya” axborot tizimining Android va IOS qurilmalari uchun maxsus mobil ilova ishlab chiqilgan va Google Play va App Store platformalariga joylashtirildi. Mobil ilovadan foydalanishda faqatgina id.egov.uz portali orqali roʻyxatdan oʻtishning oʻzi kifoya. Mazkur axborot tizimidan foydalanish uchun license.gov.uz saytiga kirish lozim. Arizachilar bir vaqtning oʻzida license.gov.uz, mobil ilova va Davlat xizmatlari markazlari orqali xabardor qilish xizmatidan foydalanishi mumkin.

 

 

J.Axmedov

Chinoz tuman adliya boʻlimi

davlat xizmatlari

markazi bosh mutaxasissi