Янгиликлар
Korrupsiya jamiyat kushandasi
Korrupsiya jamiyat kushandasi
Korrupsiya bir necha ming yillik tarixga ega. Yozma manbalarda korrupsiya haqida eramizdan avvalgi Shumer podsholigi davrida eslatib o`tiladi. Korrupsiya bizning kunlargacha yetib kelganligi shundan dalolat beradiki, boshqa illatlar kabi, uni ham tag-tugi bilan yo`qotib bo`lmaydi. Biroq jamiyat rivojiga xavf soluvchi korrupsiyaning oldini olis, unga qarshi kurashish yer yuzidagi barcha davlatlarda hamisha va hamma zamonda davom etgan.
Qur’oni Karimda poraxo`rlik bevosita taqiqlanadi: “Bir – biringizning mollaringizni botil yo`l bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun uni hokimlarga gunohkorona tashlamang” (Baqara surasi, 188 oyat). Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida fuqarolik jamiyatini qurishda to`g`onaq bo`ladigan muammolardan biri korrupsiyadir, deb qayd etgan. Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo’lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy – iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo’lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.
Ma’lumki, bu illatning jamiyat hayotida kelib chiqish sabablarini aniqlash, karrapsiyaga qarshi kurashishda, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda adlya bo’lim faoliyatining o`rni ahamiyatlidir. 2017 yil 3 yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning mexanizimi yaratildi. Mazkur Qonuning 3-moddasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga doir tushunchalarga ta’rif berilgan.
Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari qilib aholining huquqiy ongi va huqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o`z vaqtida aniqlash, ularga chek qo’yish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash kabi masalalar dolzarb hisoblanib keladi. Bu borada adlya organlari roli kuchayib, imtiyozlari ko’payib borishi ham o`z o`rnida korrupsiyani bartaraf etish choralarining samaradorligini oshirishga, davlat va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga yordam beradi.
Chinoz tuman adliya bo’limi bosh maslahatchisi D.Gamletov