Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ishga tiklash boʻyicha oʻtkazib yuborilgan daʼvo muddati sud tomonidan tiklanishi mumkinmi?


Ishga tiklash boʻyicha oʻtkazib yuborilgan daʼvo muddati sud tomonidan tiklanishi mumkinmi?

— Mehnat kodeksining 270-moddasiga koʻra, ishga tiklash nizolari boʻyicha xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilingani haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab, bir oylik muddat belgilangan. Darhaqiqat, daʼvo muddatining uzrsiz sabablarga koʻra, oʻtkazib yuborilishi daʼvo talabi asosliligidan qatʼi nazar daʼvo muddatini qoʻllash haqida javobgar tomonidan arz qilingan taqdirda daʼvo arizasini rad qilishga olib keladi. Biroq, ahamiyat berish lozimki, bir oylik daʼvo muddatining oʻtishi mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq chiqarilgan kundan emas, bu buyruq nusxasi xodimga topshirilgan kundan boshlab hisoblanadi. Daʼvo muddatining oʻtkazib yuborilishiga uzrli sabablar boʻlgan taqdirda, bu muddat sud tomonidan tiklanishi mumkin.