Янгиликлар
Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olish tartibini bilasizmi?
Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olish tartibini bilasizmi?
Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha davlat pensiyasi olish huquqiga ega boʻlmagan shaxsning qaramogʻida boʻlgan oilaning mehnatga layoqatli boʻlmagan aʼzolari boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi olish huquqiga egadirlar.
Nafaqani tayinlash va toʻlash arizachining yashash manzili boʻyicha joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilingan boʻlishi kerak:
- pasport yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
- boquvchining vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va boquvchisini yoʻqotgan taqdirda nafaqa olish huquqiga ega boʻlgan oila aʼzolarining tugʻilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar (pasport va/yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma) nusxalari;
- “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida aytib oʻtilgan shaxslar oilaning mehnatga layoqatsiz aʼzolari jumlasiga kiritiladilar.
Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi vafot etganning oila aʼzolariga vafot etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega boʻlgan nafaqaga foiz nisbatida quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
a) oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz aʼzosiga - nafaqaning
100 foizi;
b) oilaning mehnatga layoqatsiz ikki aʼzosiga - nafaqaning 75 foizi;
v) oilaning mehnatga layoqatsiz bir aʼzosiga - nafaqaning 50 foizi.
Nafaqa olish huquqiga ega boʻlmagan shaxs vafot etgan taqdirda vafot etganning oila aʼzolariga nafaqa yoshga doir nafaqa miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yetakchi maslaxatchisi
O.Satimov