Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Bolaning begonasi boʻlmaydi


Bolaning begonasi boʻlmaydi

 

“Bir bolaga yetti mahalla ota-ona deb bejizga aytishmagan. Oʻzbekistonning har bir farzandi bolajon xalqimizning ardogʻidagi koʻz-u qorachigʻidir. Mustaqil mamlakatimizda ota-onalarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga doimiy gʻamxoʻrlik davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bu haqda Asosiy qonunimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham belgilab qoʻyilgan

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish, bolalarni joylashtirishning oilaviy hamda boshqa muqobil shakllarini amaliyotga kiritish, ularni mustaqil hayotga tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida joriy yilning 4-avgustida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi 345-sonli qarori qabul qilinib ijroga qaratildi.

Mazkur qaror bilan 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab, oilaviy bolalar uylari yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni yaʼni tarbiyalanuvchilarni oilaga tarbiyaga olishni istagan fuqarolar tomonidan yuridik shaxs maqomisiz tegishli tuman (shahar) hokimining qarori asosida tashkil etilashi belgilangan boʻlib, oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilar soni kamida 3 nafarni, lekin koʻpi bilan 5 nafarni tashkil qilishi lozim. Bunda, oilaviy bolalar uyini tashkil qilgan fuqarolarning oʻz farzandlari hamda tarbiyalanuvchilarning umumiy soni 8 nafardan oshmasligi kerakligi, oilaviy bolalar uylarini tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan fuqarolar tomonidan tashkil qilishga ruxsat etilishi, oilaviy bolalar uylari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Milliy gvardiya hamda tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shoʻbalari tomonidan amalga oshirilishi hamda oilaviy bolalar uyini tashkil etish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan shaxslardan tegishli vazirlik va idoralarning elektron maʼlumotlar bazalaridan olish mumkin boʻlgan hujjatlarni talab qilish man etilishi belgilangan.

Bunda qarorda belgilangan tarbiyalanuvchilar soni kamida 3 nafarni, lekin koʻpi bilan 5 nafarni tashkil qilishi, oilaviy bolalar uyini tashkil qilgan fuqarolarning oʻz farzandlari hamda tarbiyalanuvchilarning umumiy soni 8 nafardan oshmasligi lozimligi yuzasidan tarbiyalanuvchilarning eng koʻp soniga oʻrnatilgan cheklov davlat tarbiya muassasasi sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan va yuridik shaxs maqomisiz qayta tashkil etilayotgan oilaviy bolalar uylariga tatbiq etilmasligi hamda ushbu oilaviy bolalar uylaridagi tarbiyalanuvchilar 18 yoshga toʻlgunga yoxud boshqa sabablarga koʻra ketgunga qadar mazkur uylarda qolishi belgilangan.

Shuningdek, oilaviy bolalar uylarini tashkil qilmoqchi boʻlgan fuqarolar nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan tashkil qilingan tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarida oʻqishi va tegishli sertifikatni olishi lozim.

Bundan tashqari, qarorga muvofiq 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab, oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarga har oyda Davlat byudjetidan oilaviy bolalar uyidagi har bir tarbiyalanuvchining yashash xarajatlari uchun 7 yoshgacha boʻlgan tarbiyalanuvchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida, 8 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan tarbiyalanuvchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari miqdorida va oilaviy bolalar uyidagi har bir tarbiyalanuvchini parvarish qilish uchun mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1 baravari (nogironligi boʻlgan bolalar uchun 1,5 baravari) miqdorida hamda oilaviy bolalar uyiga tarbiyaga olingan har bir nogironligi boʻlgan bolani davolash-sogʻlomlashtirish uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida mablagʻ ajratilishi belgilangan.

Shunga koʻra, qarorga muvofiq oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilarning yashash xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar har oyning 5-sanasiga qadar tutingan ota-ona nomiga ochilgan bank plastik kartasiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazib beriladi hamda oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilarga hududda joylashgan davlat sport majmualari, maʼnaviy-maʼrifiy maskanlar, toʻgaraklar, ot sporti seksiyalari, “Ishga marhamat” monomarkazlari va boshqa oʻquv markazlaridagi toʻgaraklar va kurslarga bepul qatnashish huquqi beriladi.

Qarorga asosan, tarbiyalanuvchilar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan yiliga bir marotaba sogʻlomlashtirish oromgohlarida dam olish uchun bepul yoʻllanmalar asosida sogʻlomlashtirilishi va tuman (shahar) hokimliklari tomonidan bir yilda ikki marotaba respublikamizning tarixiy shaharlariga bepul sayohatlar hamda teatr tomoshalari va konsert dasturlari tashkil etilishi belgilangan.

Bundan tashqari, qarorda oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilar davlat davolash-profilaktika muassasalari tomonidan bir yilda ikki marotaba bepul toʻliq tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilishi, oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilarga berilayotgan sogʻlomlashtirish oromgohiga va sayohatga borishi, teatr tomoshalari va konsertlarda qatnashishga oid imtiyozlar oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolarning oʻz farzandlariga ham tatbiq etilishi belgilangan.

         Bir soʻz bilan aytganda, mustaqil Oʻzbekistonimizning 31 yillik toʻyiga toʻyona sifatida qabul qilingan ushbu qarorning ijrosini taʼminlash, bagʻri keng, insonparvar, mehribon, saxovatli fuqarolarimizning doimo ezgu ishlar qilishga intilib yashashidan dalolat beradi.

         Shunday ekan “Yangi Oʻzbekistonda - el aziz, inson aziz” shiori ostida kutib olayotgan mustaqillik bayrami bilan butun bagʻri keng xalqimizni tabriklab, sogʻlik, xotirjamlik, xonadonlariga fayzu - baraka tilaymiz.

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi                                                 Nazokat Anarqulova.