Янгиликлар
Mahalla adolat qoʻrgʻoniga aylanadi.
Mahalla adolat qoʻrgʻoniga aylanadi.
Mahalla instituti davlat va jamiyatni, har bir fuqaroni birlashtiruvchi muhim boʻgʻin hisoblanadi. Mahalla fuqarolarining oʻzini oʻzi boshqarish organi sifatida aholining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga hissa qoʻshadi. Shuningdek, u aholining dolzarb masalalarini hal qilishda, muayyan normativ-huquqiy hujjatlarning u yoki bu qoidalarini amalga oshirishda fuqarolar va davlat tuzilmalarining vakillari oʻrtasida oʻziga xos "koʻprik" vazifasini oʻtaydi.
Mamlakatimizda 1992-yilda “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi tashkil etildi. Bugungi kunda mahalla aholining bandligini taʼminlashda, jamiyatda oila poydevori va barqarorligini mustahkamlashda muhim oʻrin tutadi, tegishli hududda yashovchi fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda koʻmaklashadi, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoat ishlarini tashkil etadi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlaydi, bayramlar va muhim sanalar bilan bogʻliq ommaviy tadbirlarni tashkil etadi. Yangi Oʻzbekistonda mahalla oilalar, yoshlar, ayollar, keksa fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashi, barcha turdagi yordamni, jumladan, aholining kam taʼminlangan va ijtimoiy zaif qatlamlariga moddiy yordam koʻrsatishi kerak.
Shu maqsadda joriy yilning 16-avgustida Muhtaram Prezidentimizning “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinib ijroga qaratildi.
Qaror bilan mahalla instituti imkoniyatlaridan keng foydalanish, aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining har bir mahalla uchun byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanmaydigan Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasini tashkil etish belgilangandi.
Mazkur qaror bilan mahalladagi hududi 2 000 kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining onlayn-buyurtmanomasiga asosan baholash va sotish harajaatlari chegirilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotishdan tushadigan mablagʻlar;
-mahallaning mol-mulkini belgilangan tartibda ijaraga berishdan olinadigan mablagʻlar;
-xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlariga asosan mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratiladigan mablagʻlar;
-mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchisi tavsiyasi asosida mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun mahalliy byudjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
-jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
-xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning texnik koʻmak mablagʻlari (kredit, grant, begʻaraz yordami va boshqalar);
Shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi
Qarorga asosan, ushbu toʻplangan jamgʻarmalar mablagʻlaridan mahalla hududidagi ichki yoʻllar, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqova suv tizimini taʼmirlash va tiklash;
-mahalla binosi, mahalla hududida joylashgan sport maydoni, nuroniylar choyxonasi, yoshlar markazi, bolalar maydonchasi, kutubxona, madaniyat markazini qurish, mukammal va joriy taʼmirlash hamda ularni inventar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa uskunalar bilan jihozlash;
-mahalla hududida infratuzilmani rivojlantirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish;
-ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalarga moddiy koʻmaklashish hamda ularning turar joylarini taʼmirlash va jihozlash moliyalashtiriladigan asosiy yoʻnalishlar hisoblanadi.
Umuman olganda, mahalla fuqarolik jamiyatining noyob instituti hisoblanadi, u fuqarolarning oʻz yashash joylarida hayot asoslarini taʼminlash, aholini manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish, jamiyatda oʻzaro hurmat, doʻstlik va totuvlik muhitini vujudga keltirish masalalariga daxldor samarali qarorlar qabul qilmoqda, shuningdek, yosh avlodni tarbiyalash, oilani mustahkamlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish vazifalarini samarali bajarmoqda.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
yetakchi maslahatchisi Anarqulova Nazokat.