Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Mol-mulkka taqiq qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar banki joriy etiladi


Mol-mulkka taqiq qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar banki joriy etiladi

Biz bilamizki, Oʻzbekiston Respublikasida mulk daxlsizdir. Har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli. Shuning uchun mamlakatimizda iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining oʻsishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik boʻlishiga ruxsat beriladi. Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz boʻlishiga va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi.

Joriy yilning 22-avgustida Hukumat qarori bilan boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab yoki xatlab qoʻyilgan mol-mulklar elektron maʼlumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Taqiq bazasi tuman, shahar davlat notarial idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Yaʼni, mulk joylashgan tuman, shahar davlat notarial idoralari tomonidan yuritiladi. Agar belgilangan tuman va shahar hududida bir nechta davlat notarial idoralari mavjud boʻlsa, hududiy adliya organlarining buyrugʻi yoki koʻrsatmasi bilan aynan bir davlat notarial idorasiga takik bazasini yuritish yuklatiladi.

Endilikda, qarorga asosan, 2022-yil 1-oktyabrdan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab (xatlab) qoʻyilganligi, shuningdek taqiqlab (xatlab) qoʻyish bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar banki joriy etiladi.

Nizomga asosan, elektron maʼlumotlar banki Oliy sud, Bosh prokuratura, Davlat havfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Milliy gvardiya, Davlat soliq qoʻmitasi, Sanoat havfsizligi davlat qoʻmitasi, Markaziy bank, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining elektron axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi.

Shuningdek, Nizomga koʻra, elektron maʼlumotlar bankiga mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab yoki xatlab qoʻyish, uni bekor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, davlat ijrochisi, notarius, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi   idoraviy notarial arxivlar mudirlari, soliq organlarining rahbarlari, Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining roʻyxatdan oʻtkazuvchilari, bank va boshqa kredit tashkilotlarining rahbari yoki tegishli vakolat berilgan xodimlari tomonidan kiritilishi belgilangan.

Ushbu maʼlumotlarni elektron maʼlumotlar bankiga kiritishda;

Ichki Ishlar vazirligi tomonidan -jismoniy shaxsning shaxsiga oid va avtomototransport vositalariga oid maʼlumotlar.

Adliya vazirligi tomonidan -yuridik shaxsga oid maʼlumotlar.

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan - koʻchmas mulkka oid maʼlumotlar.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan -qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalariga oid maʼlumotlar.

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan -▫️attraksionlar va koʻtarish inshootlari (minora kranlari)ga oid maʼlumotlar.

Transport vazirligi tomonidan - kemalarga oid maʼlumotlar.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi tomonidan - kichik hajmli kemalarga oid maʼlumotlar kiritilishi belgilangan boʻlsa, boshqa mulklarga oid maʼlumotlar tegishli vakolatli organlarning elektron axborot tizimlari orqali real vaqt rejimida amalga oshirilishi belgilangan.

Shuningdek, nizomda belgilanishicha, elektron maʼlumotlar banki davlat tilida shakllantiriladi va yuritiladi.

         Nizomda shuningdek, mol-mulkni xatlash yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, davlat ijrochisi, soliq organi rahbari qarori, darhol elektron shaklda –“PDF” formatda tizimga joylashtiriladi hamda idoralararo elektron hamkorlik doirasida elektron maʼlumotlar bankiga tegishli maʼlumotlar onlayin ravishda real vaqt rejimida kiritilib, qaror elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanganda, u elektron hujjat shaklida tizimga joylashtiriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatiga asosan elektron maʼlumotlar bankida mavjud maʼlumotlar notarius yoki notarial arxiv mudiri tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali yoxud E-notarius.uz axborot portali orqali taqdim etiladi.

         Bundan tashqari, notarius elektron maʼlumotlar banki orqali mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyishi va taqiqni bekor qilishi mumkin boʻlib, mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab yoki xatlab qoʻyish, shuningdek, uni bekor qilishda toʻlov undirilmaydi.

         Faqat jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati boʻyicha elektron maʼlumotlar bankidan maʼlumot berishda notarius yoki notarial arxiv mudiri tomonidan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq undiriladi.

         Umuman olganda, xususiy mulkning huquq va himoyasini mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yoʻl bilan qoʻlga kiritgan yoki yaratgan oʻz mulkining daxlsizligiga aslo shubha qilmasligini taʼminlaydigan ishonchli kafolatlar tizimini yaratilishi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy negizi hisoblanadi.

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi                                                             Anarqulova Nazokat.