Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi vazifalari belgilandi


Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi vazifalari belgilandi

 

Oila — nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga boglangan. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, Oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir.

         Oila-oʻzi huquqiy maʼnoda nima? – yuridik aloqadir. Oilaviy munosabatlardagi yuridik xarakter huqukiy normalar bilan ularning munosabatlarini tartibga solib, davlatning majburiy qoidalari bilan oila aʼzolarining hulkiga taʼsir etib, oilani jamiyat hoqlagan asosda rivojlantirishga yordam beradi.

         Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi va uning boʻlinmalarining faoliyatini moliyalashtirish –davlat byudjet mablagʻlari, qoʻmitaning byudjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalari hisobidan amalga oshiriladi.

Biz bilamizki, joriy yilning 1-martida Muhtaram Prezidentimizning “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” qarori qabul qilinib, ijroga qaratildi.

         Mazkur qarorning ijrosini toʻliq taʼminlash maqsadida 4-noyabr kunida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oila xotin-qizlarni qoʻllab quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinib, mazkur qaror bilan “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisida” gi nizom tasdiqlandi.

         Jamgʻarmaning asosiy maqsadi-xotin-qizlarni har tamonlama qoʻllab-quvvatlash, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga moddiy yordam koʻrsatish, oilaviy va xususiy tadbirkorlik, xunarmandchilikni tashkil etishda, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgankasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashda ularga koʻmaklashish va ragʻbatlantirishdan iborat.

         Jamgʻarmaning asosiy vazifalari esa, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslarga, nogironligi boʻlgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylarning boshlangʻich badalini toʻlab berishi, xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, sogʻligʻini saqlash, ayollar sportini rivojlantirish, mehnat va oʻqish sharoitlarini yaxshilash bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirishga koʻmaklashishi, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs mablagʻlarini belgilangan tartibda joylashtirishi hamda xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirishga koʻmaklashdan iborat.

         Shuningdek, jamgʻarma oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi huquqlari –nizomda nazarda tutilgan faoliyatni taʼminlash uchun Vasiylik kengashining qarori asosida mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, davlat organlari, hoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkiotlar va mansabdor shaxslardan Jamgʻarma vakolatlariga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur axborotlarni soʻrash va olish, gʻaznachilikdagi oʻz hisob varaqlaridagi mablagʻlarni ajratish, ajratilgan mablagʻlarni maqsadli foydalanishni nazorat qilish, huquqbuzarliklar aniqlanganda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etish va jamgʻarmani saqlash hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni qoplash bilan bogʻliq harajaatlardan tashqari barcha moliyalashtirishni belgilangan tartibda toʻxtatish, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini respublika tijorat bank depozitlariga joylashtirish, vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha halqaro hamkorlikni amalga oshirishdan iborat.

         Umuman olganda jamiyatning asosiy boʻgʻini boʻlgan –oila tinch boʻlsa jamiyat farovon boʻladi.

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi                    Nazokat Anarqulova