Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ayol goʻzallik va nafosat ramzi.


Ayol goʻzallik va nafosat ramzi.

 

Xalqimiz azal-azaldan Ona siymosini, Ayol zotini yaratganning ulugʻ neʼmati, tengsiz moʻjizasi, deb biladi, uni hamisha ardoqlab-asrab yashaydi, –   Sh.Mirziyoyev

 

Ayol goʻzallik va nafosat, mehr-muxabbat ramzi hisoblanadi. Sharqda ayolni farishtaga qiyos qilishadi. Chunki farishtalar Allox taola yaratgan eng pok, eng begunox zotlardir. Xalqimizning buyuk tarixida oʻzining jasorat va matonati, aql-zakovati, nafosat va nazokati bilan oʻchmas nom qoldirgan Bibixonim, Gulbadanbegim, Toʻmaris, Zebuniso, Uvaysiy, Nodirabegimlardek boshqa yuzlab ayollarimizni xamisha extirom bilan tilga olamiz. Ularda mujassam boʻlgan oliyjanob fazilatlar bugun xam muhtaram ayollarimiz siymosida barq urib kelmoqda. Bugungi kunda u rahbar, u siyosatchi, u tadbirkor, u ijodkor va albatta mehribon ona. Ayol oilaning, jamiyatning, ishonchi, tayanchidir. Ayol deganda koʻz ungimizda ona siymosi gavdalanadi. Hamma buyuk ajdodlarimizni, mamlakat rahbarlarini xam ayol dunyoga keltirgan. Ayolni eʼzozlash, unga ehtirom koʻrsatish oʻzbek xalqiga xos olijanob xususiyatlardan biridir. Shu maʼnoda Oʻzbekistonda xotin-qizlarningjamiyatdagi oʻrni va mavqeini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Shuning barobarida joriy yilning 8-avgustida “Oqila ayollar” harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi va uning hududiy tuzilmalarida doimiy faoliyat yurituvchi yuridik shaxs boʻlmagan jamoatchilik tuzilmasi “Oqila ayollar” harakati tashkil etildi.

Harakatning asossiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

-jamiyatda yangi maʼnaviy makon yaratish, ezgu gʻoyalar, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, muqaddas anʼanalarni singdirishga qaratilgan tizimli targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish;

-mahallalarda oilalarni mustahkamlash, farzand tarbiyasida ota-ona masʼuliyati, ibratli ota-ona boʻlishning ahamiyati, maʼrifatli jamiyatni qurishda maʼrifatli onalarning rolini keng targʻib qilish;

-ayollar, ayniqsa, yosh qizlarda oilaga va Vatanga sadoqat, fidoyilik, tashabbuskorlik tuygʻularini singdirish, “odobli qiz” va “maʼrifatli ona” qiyofasini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

-farzand, ayniqsa, qizlar tarbiyasi, oila, onalar maʼnaviyatini yuksaltirish, oilalarda kitobxonlik, mutolaa madaniyatini targʻib etish, oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni shakllantirish, oilaning tarbiyaviy-taʼlim salohiyatini mustahkamlashga koʻmaklashish;

-yoshlar oʻrtasida oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida boʻlish masalalarini hamda “Oila - muqaddas” tushunchasini keng targʻib qilish;

-xotin-qizlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish, ularga qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqchil tilda tushuntirishdir.

“Oqila ayollar” harakati Qoʻmitada -50 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalarida -35-40 nafardan, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarida -30 nafardan faol va tashabbuskor ayollardan iborat tarkibda shakllantirish hamda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari tomonidan har bir mahallada 15 nafar faol va tashabbuskor ayollardan iborat Harakatning boshlangʻich guruhlari tashkil etilishi belgilangan.

Mazkur Harakat oʻz faoliyatini qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy nizomga muvofiq amalga oshiradi.

Shuningdek, Harakat va uning boshlangʻich guruhlari tarkibiga kiritilgan faol va tashabbuskor ayollar harakati tomonidan, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, farzand tarbiyasi, oila va xotin-qizlar maʼnaviyatini yuksaltirish yoʻnalishida amalga oshirgan ishlari natijadorligiga koʻra jismoniy va yuridik shaxslar homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ragʻbatlantirib boriladi.

Bunda faol va tashabbuskor ayollar faoliyati natijalari boʻyicha tegishlicha qoʻmita raisi, Qoraqalpogʻiston Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari tavsiyasiga asosan davlat mukofotlari, “Moʻtabar ayol”, “Mahalla iftixori”, “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni va boshqa esdalik, koʻkrak nishonlari, idoraviy mukofotlarga tavsiya etilishi, sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berilishi mumkin.

Bundan tashqari, Kinomatografiya agentligi tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqilayotgan filmlar orqali oilaviy va maʼnaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, ezgu gʻoyalarni singdirish, xotin-qizlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, farzand tarbiyasida oila va ayollarning rolini oshirish maqsadida Harakatdan malakali mutaxassislarni ekspert sifatida jalb etish choralari koʻrilishi belgilangan.

Xulosa qilib aytganda; - bu harakat tom maʼnoda “mahallaning vijdoni” ga aylanishi kerak. Chunki, maʼrifatli jamiyatni maʼrifatli onalarsiz qurib boʻlmaydi. Oqila, goʻzal ayollar oʻzlarining gʻamxoʻrligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar

Ayolga baxt bering, saodat bering,

Demang yuribdi-ku kulib, jilmayib.

Ayol kulib turib oʻlishi mumkin,

Dunyoni olishi mumkin jilmayib. (Zulfiya Moʻminova)

 

 

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

maʼsul xodimi                                                      Nazokat Axmatovna.