Янгиликлар
VOYAGA YETMAGANLAR MEHNATI MUHOFAZASINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISH
VOYAGA YETMAGANLAR MEHNATI MUHOFAZASINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISH
Bugungi kunda mamlakatimizda voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan gʻamxorlik qilish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan masalalardan biridir, ularni kasb-hunarga oʻqitish va taʼlim olgan kasblari boʻyicha mehnat qilishlari uchun zarur ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hamda huquqiy sharoitlar yaratib berilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi
“2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot srategiyasi toʻgʻrisida”gi PF–60-son Farmoniga ko‘ra, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish maqsadida eng muhim vazifa sifatida yoshlar huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ularni kafolatini kuchaytirish vazifasi dolzarb qilib belgilandi.
Jumladan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida davlatimiz tomonidan voyaga yetmagan shaxslarning mehnatini muhofaza qilishning meʼyoriy- huquqiy bazalari takomillashtirish hamda bugungi kun talablariga javob bera oladigan darajada ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi jadallik bilan olib borilayotganligini koʻrishimiz mumkin. Masalan, davlatimiz tomonidan 2016-yil 22-sentabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi jamiyat hayotida va voyaga yetmaganlarning mehnatini muhofaza qilish sohasida katta ahamiyatga egadir.
“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuning 3-moddasida “menatni muhofaza qilish” tushunchasiga rasmiy ta’rif berilgan bo‘lib, unga ko‘ra, mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi mehnat muhofazasini tashkil etadi
Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy institut koʻplab normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi, jumladan Xalqaro Mehnat Tashkilotining (keyingi o‘rinlarda – XMT) mehnatni muhofaza qilish bilan bogʻliq 40 dan ortiq standartlari hamda 40 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlari mavjud. XMT hujjatlarining deyarli yarmidan koʻpi bevosita mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik masalalariga tegishlidir.
Mehnat huquqida mehnatni muhofaza qilish instituti muayyan tuzilma
va mazmunga ega boʻlib, amaldagi Mehnat kodeksining (keyingi o‘rinlarda – MK)
13-bobiga ko‘ra, ularga mehnatni muhofaza qilish talablari, xodimning mehnatni muhofaza qilish normalari, qoida va yoʻriqnomalariga rioya etish majburiyati, xodimning mehnatni muhofaza qilish haqida maʼlumot olish huquqi, tibbiy koʻrik, mehnatni muhofaza qilish tadbirlariga ajratilgan mablagʻlar, xodimlarni sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazli shoʻr suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan taʼminlash, sogʻligʻi holatiga koʻra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan xoli boʻlgan ishga oʻtkazish va boshqa boshqalar kiradi
Ijtimoiy va huquqiy himoyani kuchaytirishga muhtoj xodimlarning ayrim toifalari – 18 yoshga toʻlmagan xodimlar, nogironlar, ayollar mehnatini tartibga solishda oʻziga xos xususiyatlarga ega yangi tahririda qabul qilingan MKda esa mehnatni muhofaza qilinishi 20-bobda keltirilgan boʻlib, ushbu bobda mehnatni muhofaza qilish tushunchasi, ayrim toifadagi xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari, mehnatni muhofaza qilish talablariga mos keladigan sharoitlarni taʼminlash kafolatlari, ish beruvchi va xodimlarning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari, ish joylariga qoʻyiladigan talablar, xodimlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish va ularni davolash-profilaktika muassasalariga olib borish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish hamda hisobga olish kabilar nazarda tutilgan.
Yuqoridagilardan koʻrishimiz mumkinki, yangi tahrirda qabul qilingan MKda mehnatni muhofaza qilish instituti yanada takomillashtirilib, undagi muhim boʻlgan asosiy jihatlar birlashtirilmoqda. Oladigan boʻlsak, mehnatni muhofaza qilish tushunchasiga ta’rif berilmoqda va bu sohadagi ish beruvchilar hamda xodimlarning huquq va majburiyatlari mustahkamlanib qoʻyilmoqda.
Yuqori Chirchiq tuman adliya bo‘limi
Inson huquqlari va huquqni qo‘llash
amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi
bosh maslahatchisi E.U.Eshonboboyev