Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Xodim ishdan chetlashtirilsa, ishdan bo`shatiladimi?


Xodim ishdan chetlashtirilsa, ishdan bo`shatiladimi?

 

         Ma’lumki, mehnat qonunchiligida ishdan bo`shatish yoki ishga qo`ymaslik kabi tushunchalar bor. Ko`pchilik tomonidan ishdan chetlashtirish deyilganda, mehnat shartnomasi bekor qilish deb tushunadi. Xo`sh, ishdan chetlashtirish nima degani?

         Ishdan chetlashtirish — mehnat shartnomasining oʻzgarishiga yoki bekor qilinishiga olib kelmaydigan vaqtinchalik choradir, biroq baʼzi hollarda u mehnat shartnomasining bekor qilinishidan oldin yuz berishi mumkin. Xodim ishdan chetlashtirilganda mehnat shartnomasi bilan oʻrnatilgan mehnat munosabatlari saqlanib turadi, mehnat shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlari ham oʻzgarmaydi, ish beruvchi tomonidan xodimning mehnatiga haq toʻlash majburiyatining oʻzgarishi bundan mustasno.

         Demak, ishdan chetlashtirish ish beruvchining tashabbusli harakati boʻlib, u muayyan sabablarga koʻra xodimning oʻz vazifalarini bajarishiga yoʻl qoʻymaslik huquqidan foydalanadi.

         Masalan, xodim ish joyiga alkagolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda taʼsiridan mastlik holatida kelganda, ish beruvchi ushbu xodimni ishdan chetlashtirishi juda muhim tartib-taomil hisoblanadi. Buning natijasida sodir etilishi mumkin boʻlgan koʻngilsizliklarning oldi olinadi: masalan, ishlab chiqarishda shikastlanish, mast holdagi xodimni avtomobil yoki boshqa transport vositalarini boshqarishga qoʻyish oqibatida uning halok boʻlishi va boshqalarning oldini olishga imkon beradi. Deylik, agar kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniyaga xodim mast holda kelsa, u korxonaga katta miqdorda zarar etkazishi mumkin. Mazkur vaziyatda ish beruvchi unga nisbatan ishdan chetlashtirishni qullashi maqsadga muvofiq, ehtimol bitta xodimning mastligi tufayli minglab mahsulotlar yaroqsiz boʻlib qolishi mumkin.

         Amaldagi Mehnat kodeksining 113-moddasida ishdan chetlashtirishning asoslari keltirilgan bo`lib, unga ko`ra xodim alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida ishga kelgan, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmagan, karantinli va odam uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda ishdan chetlashtirilishi mumkin.

         Biroq, Yangi Mehnat kodeksida mazkur tartib quyidagi o`zgarmoqda. Yangi tahrirdagi mehnat kodeksining 164-moddasida shunday deyiladi:Ish beruvchi xodimni:

·        qonunda nazarda tutilgan hollarda vakolatli davlat organlarining talabiga binoan;

·        alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda taʼsiridan mastlik holatida ishga kelganida yoki ishda boʻlganida;

·        belgilangan tartibda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi taʼlim olmagan va bilim va koʻnikmalari sinovidan oʻtmagan taqdirda (mazkur Kodeks 384-moddasining toʻrtinchi qismi);

·        belgilangan tartibda majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan taqdirda (mazkur Kodeks 381-moddasining oltinchi qismi);

·        agar belgilangan tartibda berilgan tibbiy maʼlumotnomaga binoan, xodimga mehnat shartnomasida shartlashilgan ishlarni bajarishga qarshi koʻrsatmalar mavjud boʻlganda;

·        xodim ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalarini ishlatishni rad etgan taqdirda ishdan chetlashtirishi shart.

Umuman olganda, ishdan chetlatish chorasi ish beruvchi uchun ham foydali, ham zararli boʻlishi mumkin yoki xodim uchun. Chunki bir tomondan ish beruvchi ehtimoliy katta zararning oldini oladi yo bitta xodim (etuk mutaxasis)ning kelmaganligi uchun navbatdagi zararni boshidan oʻtkazishi mumkin. Yana bir eʼtiborli jihat shundaki, bu taʼsir chorasida mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi, aksincha muayyan xavf bartaraf etilguncha ishga qoʻyilmaydi va usha kunlar uchun ish haqi toʻlanmaydi.

 

 

Yuqori Chirchiq tuman

adliya bo‘limi boshlig‘i O.Buriyev