Янгиликлар
Rossiya va Ukrainadagi xorijiy investorlar manfaatlariga xalqaro investitsiya huquqi doirasida, xalqaro shartnomalar va milliy qonunchiliklar orqali himoya ta’sirlari.
Rossiya va Ukrainadagi xorijiy investorlar manfaatlariga xalqaro investitsiya huquqi doirasida, xalqaro shartnomalar va milliy qonunchiliklar orqali himoya ta’sirlari.
Xalqaro iqtisodiy munosabatga tasir etib ulgurgan Rossiya va Ukraina davlatlari o‘rtasidagi urush ushbu davlatlarga sarmoya kiritgan investorlarni ham iqtisodiy tushkunlikkka keltirib qo‘ydi. Ikkala davlat ham o‘z hududiga investitsiya jalb qilishda xalqaro investitsiya munosabatlariga kirishib, dunyoning ko‘plab davlatlari bilan ikki tomonlama shartnomalar imzolashga erishgan. Shuni aytish mumkinki, investor va investitsiya xalqaro investitsiya shartnomalari bo‘yicha huquq va majburiyatlarni qo‘llash doirasini belgilovchi asosiy elementlardan biridir. Shunday ekan, investitsiyalar va investorlar himoyadan foydalanishlari va nizolarni hal qilish uchun da’vo qilish huquqiga ega bo‘lishlari mumkin. Umuman olganda, Rossiya va Ukraina davlatlari o‘z hududidagi investitsiyalar va investorlarni huquqlari kafolatlarini ta’minlash uchun ushbu davlatlar tomonidan imzolangan BITlari va ko‘p tomonlama investitsiya shartnomalari huquqiy asos bo‘ladi.
Xalqaro investitsiya huquqida BITlar huquqiy ahamiyati. Investitsiya shartnomalari tuzilish jihatdan ikki davlat oʻrtasida investitsiya oqimlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish boʻyicha ikki tomonlama shartnomalar tuziladi. Xususan, ikkitomonlama shartnomalarning umumiy tuzilishi undagi mavjud elementlar bilan bog‘liq. Muhim elementlari shundaki, taraflar uchun maqbul bo‘lgan ichki huquqiy rejim, investitsiyalarni qabul qilayotgan davlat kafolatlari hamda buzilgan huquqlarni ko‘rib chiqish tartibi ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ko‘p tomonlama investitsiya shartomalarining o‘rni. Ko‘p tomonlama shartnomalarda ICSID konvesiyasi nizolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu konvensiya qoidalari Ukraina va Rossiya tomonidan imzolanganligi sababli ushbu davlatlar bilan bog‘liq investitsion nizolarni hal etishda inobatga olinadi. Ma’lumki, Koʻp tomonlama investitsiya shartnomalari ham transchegaraviy investorlarni himoya qilish va investitsiya bilan bogʻliq nizolarni hal qilishni taʻminlash uchun moʻljallangan qoidalarni oʻzida qamrab oladi. Ushbu qoidalar ICSID konvensiyasida ham keng qamrovli belgilab o‘tilgan.
Shuningdek, xalqaro investitsiya huquqi doimo quyidagilar bilan bog'liq:
(1) xorijiy subyektlarni aniqlash
(2) xorijiy subyektlarga qanday muomala qilish kerakligini aniqlash. Xalqaro investitsiya huquq me'yorlari har doim asosiy belgiga asoslanadi.[1] Shunday ekan ushbu me’yorlar davlatlardagi xorijiy investitsiyalarni huquqiy maqomini aniqlashga ko‘maklashadi. Shuningdek, “Chet el investorlar huquqlarining kafolatlari – bu davlat o‘z bo‘yniga qonun yoki xalqaro huquq tartibida investorga nisbatan ma’lum harakatlarni bajarish yoki investor huquqlarini buzadigan harakatlardan o‘zini tiyish majburiyatini olishidir”[2]
Ushbu davlatlardagi xorijiy investitsiyalarning holati va ularga nisbatan amalga oshirilayotgan choralar haqida gapirib o‘tishni lozim topdik.
Rossiyaga nisbatan xalqaro sanksiyalar va mamlakatdagi iqtisodiy holat bilan bog‘liq muammolar natijasida ko‘plab xorijiy sarmoyadorlar mamlakatni tark etish va ko‘rilgan zararlarni bartaraf etish haqida o‘ylamoqda. Asosiy e’tibor xalqaro huquqning tegishli masalalariga qaratilgan bo‘lib, Rossiya tomonidan xorijiy investorlarga qaratilgan chora-tadbirlar va kafolatlarga to‘xtalamiz. Xorijiy investitsiyalar Rossiya uchun bugungi iqtisodiy holatda juda muhim hisoblanadi. Shunday ekan, Rossiya investitsiyalarni mamlakatda saqlanib qolishdan manfaatdor va bu uchun Rossiya ayrim chora-tadbirlarni qo‘llamoqda.
Bugungi kunga qadar Rossiya xorijiy investorlarga ta’sir qiluvchi chora-tadbirlarni joriy qilishni maqsad qilgan.
Xorijiy kompaniyalari Rossiyadan butunlayga chiqib ketishga qaror qilgan taqdirda Rossiyaga qarshi bo‘lgan davlat kompaniyalari tomonidan 25 foiz va undan yuqori ulushga egalik qiluvchi subyektlar mulklarini milliylashtiriladi. Agar investor Rossiyada o‘z faoliyatini tiklashga yoki o‘z ulushini sotishga rozi bo‘lmasa, ularning mulki taqiqga olinishi va tashqi boshqaruvga berilishi mumkin. Bundan tashqari, Rossiya aviakompaniyalariga lizingga olingan xorijiy samolyotlarni o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish va xorijiy lizing kompaniyalariga tovon to‘lamasdan foydalanishga ruxsat beradi. Rossiyadan tashqarida pul o‘tkazmalari va naqd pul o‘tkazmalari bo‘yicha cheklovlar, ya’ni, ayrim mamlakatlarning kompaniyalari va jismoniy shaxslariga Rossiyadan tashqariga pul mablag‘larini o‘tkazish taqiqlanadi. Hech kim Rossiyadan tashqariga 10 000 AQSh dollaridan ortiq xorijiy valyutada naqd pul o‘tkaza olmaydi. Xususan, chet elliklar Rossiya qimmatli qog’ozlaridagi o‘z pozitsiyalarini sota olmaydilar va Rossiya qimmatli qog‘ozlaridan dividendlar yoki boshqa tushumlarni chet elliklarga o‘tkazib bo‘lmaydi.
Sanksiya qo‘llanayotgan mamlakatlar yoki ular tomonidan nazorat qilinadigan korxonalar ishtirokidagi ayrim operatsiyalar uchun hukumat ruxsati talabi: Bitimlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
(i) xorijiy investorlarga rubl kredit berish;
(ii) ko‘chmas mulkka egalik huquqini o‘tkazish;
(iii) qimmatli qog‘ozlarga egalik huquqini o‘tkazish.
G‘arb davlatlarining sanksiyalariga rioya qilganliklari uchun xorijiy kompaniyalar va ularning vakillari uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik taklif etilmoqda. Oddiy majburiy litsenziyalash qoidalarini to‘xtatib turish, shunday qilib, sanksiya qo‘llayotgan mamlakatlardan Intellektual mulk (IP) egalari "oqilona tovon" o‘rniga hech qanday kompensatsiya olmaydilar.[3]
Ushbu choralar joriy qilinmasdan oldin Rossiya qonunchiligi bilan belgilangan kafolatlarga tahliliy fikrlarimizni bildiramiz. Rossiya Federatsityasida kapital qo‘yilmalar shaklida amalga oshiriladigan investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonuniga asosan Davlat, ushbu Federal qonunga, boshqa federal qonunlarga va Rossiya Federatsiyasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, Rossiya Federatsiyasining ta’sis subyektlarining qonunlariga va Rossiya Federatsiyasining ta’sis subyektlarining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq, kafolatlar beradi. Xususan, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha investitsiya faoliyati subyektlariga investitsiya faoliyatini amalga oshirishda teng huquqlarni ta’minlash belgilab berilgan. Ammo Rossiya hukumati tomonidan belgilangan choralar investorlarga nisbatan investitsiya faoliyatini amalga oshirishda boshqa subyektlarga berilgan huquqlar berilmayapti.
Rossiya Federatsiyasining amaldagi federal qonunlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda qo‘llanilmaydi. Ushbu norma shuni belgilaydiki, investitsiya loyihasini moliyalashtirish boshlangan kunidagi Rossiya Federatsiyasining federal qonunlari investitsiya shartnomasiga asos bo‘lib xizmat qiladi va shartnomada belgilangan muddatlarda yangi o‘zgarishlar qo‘llanilmaydi. Rossiya hukumati ushbu qoidalarga amal qilmaydigan choralarni belgilab o‘tmoqda.
Rossiya Federatsityasida kapital qo‘yilmalar shaklida amalga oshiriladigan investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunning 20-moddasida Investitsiya faoliyati subyektlari huquqlarining munitsipal kafolatlari belgilangan. Rossiya Federatsiyasi investitsiya faoliyatining barcha subyektlariga:
investitsiya faoliyatini amalga oshirishda teng huquqlarni ta’minlash;
investitsiya loyihalarini muhokama qilishda oshkoralik;
investitsiya faoliyati sub’ektlari huquqlarining barqarorligi kabi kafolatlar beradi
Rossiyaning joriy qilgan chora-tadbirlari investitsiyalar va investorlarga berilgan kafolatlarni buzilishiga olib kelmoqda. Yuqorida keltirilgan qonunga asosan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularning mansabdor shaxslarining qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi hamda kapital qo‘yilmalarni himoya qilish huquqi ham kafolatlangan. Umuman olganda, Rossiya hukumati tomonidan berilgan ushbu kafolatlari ham ta’minlanmasligi yaqqol ko‘rinib turibdi.
Rossiyadagi investorlar xalqaro investitsiya huquqiga muvofiq belgilangan choralarga nisbatan qo‘llashlari mumkin bo‘lgan himoya vositalarini ko‘rib o‘tamiz. Rossiyaning xalqaro investitsiya shartnomalari doirasida investorlar va xalqaro tashkilotlar tavsiyalari himoya vositalar uchun muhim o‘rin tutadi. Davlatlar ICSID to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq, ko‘plab xalqaro investitsiya kompaniyalari va ko'plab investitsiya qonunlari va shartnomalarida investor-davlat nizolarini hal qilishga kelishib oldilar. ICSID xalqaro investitsiya nizolarini hal qilishga bag‘ishlangan global institutdir. U ushbu sohada katta tajribaga ega bo‘lib, barcha xalqaro investitsiyalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda boshqaradi. Agar nizo ICSIDga taqdim etilsa, u nafaqat investitsiya shartnomasi, balki ICSID
konvensiyasi doirasida ham qamrab olinishi kerak. Bu shuni anglatadiki, har bir tomon ICSID Konvensiyasining Ahdlashuvchi Davlati yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlatning fuqarosi bo‘lishi va ularning nizosi ICSID konvensiyasi va ko‘rib chiqilayotgan investitsiya shartnomasi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyadan kelib chiqadigan huquqiy nizo bo‘lishi kerak. Rivojlanayotgan huquqiy tartib bilan birga, milliylik hukmronligi o‘z ahamiyatini biroz yo‘qotdi. ICSID konventsiyasining asosiy mualliflaridan biri A. Broches ta’kidlaganidek :
Fuqaroning da’vosini qo‘llab-quvvatlashning an’anaviy holatlarida fuqarolikning
ahamiyati uning Konventsiya doirasidagi nisbatan ahamiyatsiz rolidan farqlanishi kerak. Birinchi holda, fuqarolik masalasi davlatning xalqaro da’vo qo‘zg‘atish huquqini belgilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, konvensiyaga ko‘ra, bu faqat investorning Markazga nizo qo‘yish qobiliyatiga tegishli.[4] ICSID tomonidan nizolarni ko‘rib chiqish uchun Rossiyadagi investorlarning da’volari haqida bir qancha misollar keltirishimiz mumkin.
Birinchidan, Rossiya tomonidan imzolangan BITlar xorijiy investorlar uchun o‘z mablag‘larini erkin konvertatsiya qilish huquqlarini kafolatlagan. Rossiya investorlarning erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada erkin o‘tkazishlarini ta’minlashni huquqlarini buzmoqda. Ushbu buzilgan huquqlarni ICSIDga murojat qilish orqali tiklashni talab qilishlari mumkin.
Ikkinchidan, noqonuniy ekspropriatsiya qilish orqali to‘g’ridan-to‘g’ri yoki bilvosita xorijiy investorni o‘z investitsiyalaridan sezilarli darajada mahrum qilishga olib keladigan va yetarli darajada kompensatsiya qilishga olib kelmaydigan choralarni joriy etib, BITda kelishilgan qoidalarini buzishiga olib kelmoqda.
Uchinchdan, Adolatli va teng rejim prinsipi (Fare and Equitable Treatment (FET)), investitsiyaning to‘liq himoyasi va xavfsizligi prinsipi (Full Protection and Security), milliy rejim prinsipi (National Treatment), eng qulay shartlar rejimi prinsipi (Most-Favoured-Nation Treatment (MFN)) hamda investitsiyalarni natsionalizatsiya qilish paytida yuzaga kelgan zararni qoplash kabi prinsiplarni buzadigan choralar Rossiya tomonidan qo‘llanmoqda.
Adolatli va teng rejim prinsipi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon o‘z davlati hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati investorlarining investitsiyalari va daromadlari uchun o‘z investorlarining investitsiyalari va daromadlari va/yoki har qanday uchinchi davlat investorlarining investitsiyalari va daromadlari uchun yaratib bergan qulay rejimidan kam bo‘lmagan adolatli va teng huquqli rejim yaratib beradi. Investitsiyaning to‘liq himoyasi va xavfsizligi prinsipi. Ushbu prinsip, qabul qiluvchi davlat investitsiyalarni salbiy oqibatlaridan himoya qilish uchun faol choralar ko‘rish majburiyatini olganligini anglatadi. Jismoniy himoya va xavfsizlikni ta’minlash vazifasi davlat hokimiyati organlarining bosimlari yoki xususiy shaxslarning harakatlariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Ushbu standartning asosiy maqsadi investorni jismoniy zo‘ravonlikdan, shu jumladan investitsiya binolariga kirib kelishidan himoya qilishdan iborat.
To‘liq himoya va xavfsizlik prinsipi jismoniy va moddiy himoyani hamda investor huquqlarining buzilishidan himoyani nazarda tutadi. Xorijiy investor va uning investisiyasiga nisbatan milliy subyekt va obyektlar uchun belgilangan huquqiy maqomning qo‘llanilishi milliy rejim prinsipini ifodalaydi. Milliy rejim prinipining maqsadi – qabul qiluvchi davlatni uning qonunlari va qoidalarini qabul qilish va qo‘llashda chet ellik va mahalliy investorlar o‘rtasida salbiy farq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va shu bilan chet ellik investorlarning pozitsiyasini fuqarolarga teng darajaga ko‘tarish hisoblanadi.
Xalqaro investitsiya shartnomalardagi eng qulay shartlar rejimi to‘g‘risidagi bandlarining maqsadi manfaatdor tomonlarning bir-birlariga nisbatan uchinchi shaxslarga qanday munosabatda bo‘lsa, xuddi shunday munosabatda bo‘lishni ta’minlashdir. Ushbu standart nisbiy va uchinchi davlatlar va ularning fuqarolari tomonidan olinadigan imtiyozlarga bog‘liq bo‘ladi. Investorlar sarmoya kiritganlarida Rossiya barqaror va bashorat qilinadigan qonunchilik bazasini ta’minlaydigan qonuniy kafolatlarni, Rossiya tomonidan investorlarga o‘z fuqarolari yoki boshqa davlatlar fuqarolariga taqdim etgan rejimdan kam bo‘lmagan qulay rejim taklif qilishni hamda investitsiyaning to‘liq himoyasi va xavfsizligiga kafolatlarni talab qilib da’vo qilishlari mumkin.
Ukraina hukumati olib borayotgan investitsiya siyosati.
Ma’lumki, Ukrainaning ko‘plab hududlari Rossiya hujumi natijasida vayronaga aylandi. Buning natijasida mahalliy xalq sarmoyadorlari qatorida xorijiy sarmoyadorlar ham katta talofat ko‘rdi. Mamlakatdagi zarar ko‘rgan investitsiyalar aniq miqdori rasman oshkor qilinmagan. Shunday bo‘lsada, ushbu ko‘rilgan zararlar investorlar uchun kafolatlangan va sug‘urtalangan bo‘lishi lozim. Biz ushbu talofatlar miqdoriga ahamiyat qaratmoqchi emasmiz, balki ushbu ko‘rilgan zararlarni huquqiy himoyalash kafolatlarini batafsil yoritamiz. Ukraina hukumatining ma’lumotiga ko‘ra, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022-yil 29-aprelda Ukraina Vazirlar Mahkamasi mikro, kichik va oʻrta korxonalarni qoʻllab-quvvatlashni davom ettirish va davlat kafolatlarini 1,4 milliardga oshirishni maqsad qilgan. Buning huquqiy asosini “2022-yilda imtiyoz asosida davlat kafolatlarini taqdim etish toʻgʻrisida”gi qarorni qabul qilish bilan tasdiqladi. Shunday qilib, Hukumatning joriy yilda qabul qilingan oldingi qarorlarini hisobga olgan holda, 2022 yilda imtiyoz asosida taqdim etiladigan davlat kafolatlarining umumiy miqdori 20 mlrdga yetdi. Xorijiy investitsiyalarni xalqaro investitsiya huquqi doirasida kafolatlashga oid masalar investorlar uchun muhim ahamiyatga ega. Aksariyat OECD hukumatlari va OECDga a’zo bo‘lmagan ko‘plab hukumatlar xalqaro investorlarning ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan investitsiya kafolatlari va siyosiy xavflarni sug‘urtalashni ta’minlaydi. Xususiy sug‘urtachilar ham bunday xizmatlarni taqdim etadilar. Odatda, bunday sug'urta talab qilinadigan xalqaro investitsiya loyihalari rivojlanayotgan mamlakatlarda joylashgan. So‘nggi yillarda investitsion kafolatlar qiymati o‘rtacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning umumiy oqimining taxminan 3% ni, lekin rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimining taxminan 30% ni tashkil etdi.
Shunday qilib, investitsiya kafolatlari va ularni ta’minlovchi davlat va xususiy institutlar rivojlanayotgan mamlakatlar investitsiyalar oqimiga ta’sir qiladi. Siyosiy risklarni sug‘urtalash bu kafolatlardan biridir. Jahon banki guruhining MIGA (Ko‘p tomonlama investitsiyalarni kafolatlash fondi) siyosiy riskni quyidagicha ta’riflaydi: Siyosiy risklar investor egasining o‘z aktivlaridan foydalanish yoki undan foyda olish huquqini rad etuvchi yoki cheklovchi hukumat harakatlari bilan bog‘liq firma qiymatini kamaytiradigan holatlardir. Siyosiy xatarlarga urush, inqiloblar, hukumatning mulkni tortib olishi va mamlakat ichidan foyda yoki boshqa daromadlar harakatini cheklash harakatlari kiradi.[5]
Ko‘p tomonlama investitsiyalarni kafolatlash konvensiyasining 12-moddasiga asosan urush va fuqarolik tartibsizliklar, 66-moddada nazarda tutilganidek, ushbu Konventsiya qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan mezbon davlatning istalgan hududidagi har qanday harbiy harakatlar yoki fuqarolik tartibsizliklari hisoblanadi.
(b) Bundan tashqari, Kengash maxsus ko‘pchilik ovoz bilan ushbu moddaga muvofiq qoplanishni ushbu bo'limda ko‘rsatilganlardan tashqari, alohida notijorat risklar uchun kengaytirishni ma’qullashi mumkin.
(a) yuqorida, lekin hech qanday holatda valyutaning qadrsizlanishi yoki qadrsizlanishi xavfi.
(c) Quyidagilardan kelib chiqadigan yo‘qotishlar qoplanmaydi:
(i) kafolat egasi rozi bo‘lgan yoki u javobgar bo'lgan mezbon hukumatning har qanday harakati yoki harakatsizligi; va
(ii) mezbon hukumatning har qanday harakati yoki harakatsizligi yoki kafolat shartnomasi tuzilgunga qadar sodir bo‘lgan boshqa voqea. Ushbu konvensiyaning 66-moddasida kafolat qoidalari faqat a’zo davlatlar uchun joriy etiladi. Umaman olganda, xorijiy investitsiya subyektilari xalqaro investitsiya huquqiy mezonlari bo‘yicha yetkazilgan zararlar uchun haqli ravishda da’vo qilishlari mumkin. Xususan, Ukraina ham, Rossiya ham boshqa davlatlar bilan tuzgan BITlarida investorlarning mulklariga nisbatan kafolatlar aniq belgilab o‘tilgan.
Rossiya hamda Ukrainadagi investorlar o‘z investitsiyalarini himoya qilish uchun bir qancha harakatlarni amalga oshirish zarur. Ushbu harakatlar xorijiy investorlarni huquqlarini himoya qilishda muhim hisoblanadi.
Birinchidan, xorijiy investorlar va hukumat o‘rtasida investitsiyani amalga oshirish bilan bog‘liq kerakli hujjatlarni saqlash, yo‘qolganlari bo‘lsa tiklash zarur. Negaki, investitsiyalarni himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchidan, ushbu mamlakatlarda xorijiy investitsiya subyektlari o‘z huquqiy tuzulishlariga aniqlik kiritish lozim. Ularning fuqarolik holatlari davlat bilan tuzilga xalqaro investitsiya shartnomalari orqali himoya qilishda muhim hisoblanadi. Binobarin, investitsiya shartnomasi boʻyicha arbitraj yoki nizolarni hal qilishning boshqa usullarini yurisdiksiyaga amal qilgan holda boshlash lozim.
Uchinchidan, investitsiyalarga nisbatan qo‘yilgan cheklovlar yoki talofat ortidan ko‘rilgan zararlarni inson huquqlari bilan bog‘liq holatlari o‘rganilishi muhim ahamiyatga ega. Chunki, inson huquqlariga oid huquq buzilishlarini hisobga olgan holda xalqaro huquqiy hal etish qoidalariga ham murojaat etish mumkin.
Yuqori Chirchiq tuman adliya bo‘limi boshlig‘i O.Buriyev hamda Yuqori Chirchiq tuman adliya bo‘limi Inson huquqlari va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi yetakchi maslahatchisi J.Zokirov
[1] Xalqaro investitsiya huquqining talqini: tarixiy kontekstdagi tenglik, diskriminatsiya va muomalaning minimal standartlari. Todd Vayler,. 2013
[2] Международное частное право : учебник : в 2 т. / отв. ред. С. Н. Лебедев, Е. В. Кабатова. М. : Статут. 2015. Т.
[3] Allen & Overy LLP
[4] A. Broches, Konventsiyaning dastlabki loyihasi bo'yicha raisning ma'ruzasi, 1964 yil 9
iyul, dok. Z11, ICSIDda qayta nashr etilgan, Davlatlar va boshqa davlatlar fuqarolari
o'rtasidagi investitsiya nizolarini hal qilish to'g'risidagi konventsiyaning kelib chiqishi va
shakllantirilishiga oid hujjatlar Vol. II, (1968) 557, 579-582.
[5] OECD Investment Policy Perspectives 2008. Investment Guarantees and Political Risk Insurance: Institutions, Incentives and Development