Янгиликлар
MASOFAVIY TARZDA MEHNAT QILISH YOXUD “ONLINE” ISHASH
MASOFAVIY TARZDA MEHNAT QILISH YOXUD “ONLINE” ISHASH
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir fuqaro qonun bilan taqiqlanmagan kasbni tanlashi, erkin mehnat faoliyatini yuritishi, o’ziga mos mehnat sharoitlarini yaratishi va tanlash huquqiga ega. Qаbul qilinаyotgаn qonunlаr vа qonunosti hujjаtlаr fuqаrolаrning mehnаt bilаn bog`liq huquqlаri mustаhkаmlаnishigа xizmаt qilаdi. Bu borаdа dаvlаtimiz rаhbаri Shаvkаt Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi” nomli аsаri, «Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyili asosida ishlab chiqilgan 2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarga munosib ish o’rni yaratish vazifalar e’tibor qaratilgan.
Global pandemiya sababli to’liq vaqtli masofaviy ishchilar soni karantin avvalgi davrdagiga nisbatan salmoqli oshganini ko’rishimiz mumkin. Ushbu holat ish sharoitlariga ba’zi o’zgarishlarni, imkoniyatlarni va o’rganilishi lozim bo’lgan holatlarni ham vujudga keltirdi. Masofaviy ishning eng katta imkoniyatlaridan biri xodimlarning ish va hayot tarzining yaxshilanishidir. Bu shuni anglatadiki, ular shaxsiy va professional hayotlarida muvozanatni yaratish uchun o’zlarining moslashuvchan ish jadvallarini va grafiklarini yaratishlari boshqarishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni va “Karantinga oid choralar amal qilishi davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o’tkazishning vaqtinchalik tartibi to’g’risida”gi nizomni tasdiqlash haqidagi O’zbekiston Respublikasining Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrug’iga ko`ra axborot kommunikatsiya-texnologiyalarini qo’llash orqali masofaviy xizmatlarni ko’rsatish (IT-autsorsing) markazlarini tashkil etish va rivojlantirish belgilangan.
Amerika va Yevropa Ittifoqi va davlatlarida masofaviy ish usuli allaqachon amaliyotga tatbiq etilgan bo’lib, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nizoli holatlar milliy va xalqaro qonunchilik asosida hal etiladi, masofaviy ish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan nizolarni hal etishning tartibi, normalari ishlab chiqilgan.
Masofaviy tarzda ishlash rejimi dunyo miqyosida ancha ommalashgan, ko’pgina davlatlarda mehnat munosabatlarining bir turi sifatida ifodalanishiga qaramasdan, Oʻzbekistonda masofadan turib ishlash amaliyotiga e’tibor koronavirus pandemiyasi orqali katta ta’sir etganligini ko’rishimiz mumkin. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov "Koronavirus nimalarni o`zgartiradi: huquqshunoslar oldidagi dolzarb masalalar" nomli maqolasida ham masofaviy ish haqida so’z yuritgandi. Adliya vaziri R.Davletov masofaviy ish olib borish uslubi ham o’zini oqlashi, amaliyotda qo’llanishi mumkinligi isbotini topganligini ta’kidlagandi
Xodim va ish beruvchi o’rtasidagi aloqalar elektron hujjatlar almashish orqali amalga oshiriladi va qonunda belgilangan talablarga talablarga rioya etiladi. Ish vaqtining davomiyligi va tartibiga masalasiga to’xtalsak, ishchi xodimlar ishlab chiqarish topshirig’ining hajmi va qonunchiligda belgilangan boshqa shartlar asosida ish vaqtining davomiyligi va tartibini belgilaydi. Lekin, shuni aytish joizki, masofaviy ish vaqtlari va tartibi aniq ishlab chiqilishi va mehnat shartnomasida ko’rsatilishi lozim, chunki agar ishlab chiqarishning hajmiga qarab ish vaqti va tartibi belgilansa, bu mehnat munosabatlarida nizolarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, ish beruvchi belgilangan ish hajmi bajarilmaguncha, xohlagan vaqtda xodim bilan aloqaga chiqishi va buyruqlar berishi mumkin. Ushbu holat mehnat qonunchiligida kafolatlangan dam olish, tanaffuslar kabilarni cheklashi mumkin.
Masofaviy ishchilar mehnatiga haq to’lash masalasiga to’xtalsak, masofaviy ish rejimiga o’tkazilgan xodimlarga haq to’lash ikki xil tartibda, soatbay va ishbay asosida haq to’lanadi. Soatbay asosida haq to’lashga kelishilsa, xodimning masofaviy ishga o’tkazilgunga qadar belgilangan tarif stavkasi dan kelib chiqqan holda, agar vaqtbay asosida kelishuv bo’lsa, o’rnatilgan narxlardan kelib chiqqan holda haq to’lanadi. Shu jumladan mehnatga haq to’lash tartibi masofaviy mehnat rejimida o’zgachaligini ko’rishimiz mumkin. Xodim ish vaqtini o’zi taqsimlaganligi bois, bajarilgan ishlar uchun bir baravar miqdorda haq oladi. Shuning hisobiga, xodimga nisbatan ish vaqtidan tashqari ish, dam olish va bayram kunlaridagi ish, shuningdek tungi vaqtdagi ish uchun mehnatga haq to’lash shartlari qo’llanilmaydi. Tatillar masalasiga e’tibor qaratsak, ta’tillar qonunchilik normalarida belgilangan tartibda va jamoa kelishida ko’rsatilgan holda amalga oshiriladi.
Yuqori Chirchiq tuman adliya bo‘limi
Inson huquqlari va huquqni qo‘llash
amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi
bosh maslahatchisi E.U.Eshonboboyev