Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

MAMLAKATIMIZDA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASINING HUQUQIY TABIATI


MAMLAKATIMIZDA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASINING HUQUQIY TABIATI

 

Bugungi kunda blokcheyn texnologiyalari yangi inovatsion texnologiya yo‘nalishi bo‘lishiga qaramasdan bir qator ijtimoiy sohalarga kirib borib, o‘z o‘rnini egallagan. Insonlarning intellektual ijodi mahsuli yaratilishining jadallashishi bilan bir qatorda, ulardan foydalanish, muhofazasini ta’minlash masalasi ham dolzarblashib bormoqda. Qolaversa, internet tarmog‘ining jamiyatimiz hayotida kirib kelishining takomillashishi oqibatida ma’lumotlar olish, axborot almashish hamda mulkka bo‘lgan huquqlarning ruxsatsiz foydalanish ham oshib bormoqda. Xususan, XXI asrning eng ahamiyatli innovatsion kashfiyotlari qatoriga gen injeneriyasi, tokenizatsiya, blokcheyn, 3D printing, kichik sun`iy yo`ldoshlar, robot ekzoskeletlar, ko`p funksiyali raketalar, mobil operatsion sistemalar, yuqori kuchlanishli batareyalar kiradi.

Umuman olganimizda, Internet-jahon olami rivojlanishi natijasida virtual olamda yangidan yangi munosabatlar vujudga kelmoqda. Bunda asosan virtual olamga tegishli yangi terminlar: Blockchain, token, bitcoin, etherium, smart contract, cryptocurrency, hash va digital mininglar vujudga keldi. Bular, albatta, insoniyat uchun yangidan yangi yengilliklar va natijadorlik olib keldi desak mubolag`a bo`lmaydi. Valyuta bozorida virtual pul – coinlar yaratildi

Blokcheyn texnologiyasining tarixi o`tgan asrning ohirlariga borib taqaladi. Blokcheyn texnologiyasi 1991-yilda tadqiqotchi olim Styuart Xaber va V. Skott Stornetta tomonidan ishlab chiqilgan. Ular raqamli hujjatlarni saqlab qo'yish yoki o'zgartirmaslik orqali abadiylashtirish uchun hisoblash amaliy yechimini joriy qilmoqchi edilar. Ular hujjatlarni abadiy saqlash uchun kriptografik himoyalangan bloklar zanjiri kontseptsiyasidan foydalangan holda blokcheyn tizimni ishlab chiqadilar. Shundan keyin 2004-yilda kompyuter bo`yicha olim va kriptografik activist Xel Finni raqamli naqd pul uchun prototip sifatida qayta foydalaniladigan ish dalili (RPoW) deb nomlangan tizimni taqdim etdi. Bu kriptovalyutalar, raqamli dunyo tarixidagi muhim qadam edi. RPoW tizimi almashtirib bo'lmaydigan yoki o'zgartirilmaydigan Hashcash asosida ish tokenini olish orqali ishlar edi va keyinchalik odamdan odamga o'tkazilishi mumkin bo'lgan RSA imzosi bilan imzolangan tokenni yaratdi.

Umuman olganda, 2004-yilgi Xel Finniyaratgan tizimdan keyin bu tizimning yanada rivojlanishi va amalga ko`chishi 2008-yilga to`g`ri keladi. 2008-yilda Satoshi Nakamoto taqsimlangan blokcheynlar nazariyasini konsepsiyalashtirdi[1]. Ushbu nazariya ma`lumotga ega bloklarni ishonchli tomonlar tomonidan imzolanishini talab qilmasdan dastlabki zanjirga qo'shish uchun dizaynni o'ziga xos tarzda yaxshilaydi. Satoshi Nakamotoning fikriga ko`ra o'zgartirilgan kodli ketma-ketliklar ma'lumotlar almashinuvining xavfsiz tarixini o'z ichiga oladi. U har bir almashinuv vaqtini belgilash va tekshirish uchun peer-to-peer tarmog'idan foydalanadi

So`nggi yillarda blokcheyn texnologiyasi ham kun sayin rivojlanib borishi, ushbu blokcheynga hamohang tarzda kriptovalyuta bozori ham o`sib borayotganligi ushbu sohada yuzaga kelishi mumkin bo`lgan va yuzaga kelayotgan yangi munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarni kun tartibidagi masala sifatida ko`rish dolzarb bo`lmoqda. Shu sababli ham hukumat va Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan kerakli sa`y-harakatlar izchil amalga oshirilmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O`zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” PQ-3832-son qarori[2], shuningdek 2018-yil 2-sentyabrdagi “O`zbeksiton Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida PQ-3926-son qarori[3], ushbu hujjatlar ijrosi yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 21-yanvardagi 16-son qarori bilan tasdiqlangan “Kriptobirjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to`g`risida”gi Nizomi[4] kabi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Shuningdek so`nggi yangiliklarga ko`ra 27-aprel 2022-yil PF-121 son O`zbekiston Respublikasi Farmoni e`lon qilindi. Ushbu Farmonga asosan Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi etib qayta tashkil etildi.[5]

Quyidagilar Agentlikning ustuvor vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

➖ kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

➖ kripto-aktivlar aylanmasi sohasida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlash;

➖ kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

➖ davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga ma'lumotlarning taqsimlangan reestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga ko‘maklashish.

Farmon bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasiga texnologiyalarni joriy qilayotgan yuridik shaxslar uchun maxsus tashkiliy-huquqiy sharoit yaratishni nazarda tutuvchi Kripto–aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimini (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) belgilaydi.

 

 

Yuqori Chirchiq tuman

adliya bo‘limi boshlig‘i O.Buriyev

 




[1] https://www.javatpoint.com/history-of-blockchain#:~:text=The%20blockchain%20technology%20was%20descr....


[2] https://lex.uz/docs/-3806053


[3] https://lex.uz/ru/docs/-3891616


[4] https://lex.uz/docs/-4176346


[5] https://lex.uz/uz/pdfs/5985785