Янгиликлар
KONSTITUTSIYA –HUQUQ VA ERKINLIKLARNING BOSH KAFOLATICHISI
KONSTITUTSIYA –HUQUQ VA ERKINLIKLARNING BOSH KAFOLATICHISI
Faxr va g’urur bilan aytish lozimki, yurtimizda olib borilayotgan barcha islohotlar bevosita qonun ustuvorligi tamoyiliga asoslangan. Jamiyatda tenglik va adolatga yo’l ochildi. Qonun xalq hokimiyatini amalga oshirish, jamiyatni boshqarish, davlat va fuqarolar o’rtasida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositasi ekan, huquqiy davlatning quroli ham, himoyachisi ham, qalqoni hamdir. Yoshlarning huquqiy ongini o’stirish, huquqiy madaniyatini shakllantirish va ularni qonunga hurmat-e’tibor ruhida kamol toptirish orqali yuksak, ezgu maqsadlarga erishishimiz mumkin.
1992-yil 8-dekabrda davlatimiz bosh qonuni hisoblangan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo`lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo`lib, joriy yil Konsltitutsiyamizning 30 yilligi nishonlanmoqda. Konstitutsiyamizda yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, oila qurish, yashash joyiga ega boʻlish hamda oʻz iqtidor va salohiyatini namoyon etishi uchun sharoit yaratilishi huquqiy ifodasini topgan. Jumladan konstitutsiyaning 41- moddasida “har kim bilim olish huquqiga ega” va 40-moddasida esa “har kim malaklali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb belgilab qo`yishili o`zi so`zimizning tasdig`idir. Jumladan 1991-yil 20-noyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish” to`g`risidagi qonun va 2016- yil 14-sentyabrda ushbu qonunning yangi taxrirda e`lon qilinishi, shuningdek, yoshlar masalasida president Sh. M. Mirziyoyev tomonidan imzolangan qator qaror va farmonlar buning yaqqol ifodasidir.
Bundan tashqari, Konstitutsiyamizning 18-moddasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi jamiyatimizda xotin-qizlarning huquqlarini musahkamlashga hamda erkaklar bilan teng huquq va erkinliklarga ega ekanligi ham alohida ahamiyatga sazovor desak munolag`a bo`lmaydi. Bu o`z-o`zidan “gender tenglik” tamoyilini jamiyatda yanada kengroq tatbiq etishda huquqiy asos yaratadi.
Bir so`z bilan aytganda, asosiy qonunimiz eng rivojlangan, taraqqiy topgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan boʻlib, inson huquqlari va davlat suvereniteti gʻoyalarini, oʻzbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasini, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalarini oʻzida mujassam etgan. Qomusimiz mustaqillikni mustahkamlash, har tomonlama taraqqiy etgan erkin fuqarolik jamiyati barpo etishning mukammal dasturilamali boʻlib xizmat qilmoqda.
Ta’kidlash joizki, hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 14 marta o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. 2022-yil 24-noyabr kuni Fraksiyalar konstitutsiyaga o`zgartirish kiritish to`g`risidagi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisi muhokamasiga kiritish tashabbusini qoʻllab-quvvatladilar. Unga ko`ra, Konstitutsiyamizning 76 ta moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan birga 15 ta yangi modda va bitta yangi bob kiritilmoqda. Loyihada fuqarolar tomonidan taqdim qilingan 160 mingga yaqin takliflardan ham keng foydalanilgan.
Yuqori Chirchiq tuman adliya bo`limi yetakchi maslahatchisi Jahongir Zokirov