Янгиликлар
Konstitutsiya - Bosh Qomusimiz
Konstitutsiya - Bosh Qomusimiz
Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan soʻng qisqa vaqt ichida, mustaqil Oʻzbekiston Konstitutsiyasi loyihasi ishlab chiqildi. 08.12.1992-yilda asosiy Qonunimiz muqaddimasida qayd etilganidek, “Oʻzbekiston halqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti gʻoyalariga sodiqligini tantanali ravishda eʼlon qilib, xozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyatni anglagan holda oʻzbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demakratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatni namoyon qilib, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, Respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini taʼminlashga intilib, insonparvar demakratik huquqiy davlat barpo etishni koʻzlab, fuqarolarning tinchligi va milliy totuvligini taʼminlash maqsadida, oʻzining muxtor vakili siymosida Oʻzbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi”.
Maʼlumki Konstitutsiyamiz muqaddima, 6 ta boʻlim, 26 ta bob va 128 ta moddadan iborat. Unda asosiy prinsiplar, yaʼni davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstituisya va qonunlarning ustunligi, tashqi siyosiy masalalari, shuningdek inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jamiyat va shaxs, maʼmuriy-xududiy va davlat tuzilishi, davlat hokimiyatining tashkil etilishi, davlatning tuzilishi hamda Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish tartibi va oʻz aksini topgan.
Konstitutsiyamizni yaratish jarayonida bir qator ilgʻor davlatlar tajribasi hisobga olingan, Xususan, Asosiy qonunimiz loyihasi BMT, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik Kengashi kabi nufuzli halqaro tashkilotlar hamda AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya kabi rivojlangan demakratik davlatlar mutaxassislari va nufuzli halqaro ekspertlar eng halqchil Konstitutsiya deb taʼriflashgan, bularning barchasi, Konstitutsiyamizning naqadar toʻgʻri va oqilona tuzilganidan darak beradi desak maqsadga muvofiq boʻladi.
Konstitutsiyada davlat va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillari oʻzining aniq ifodasini topgan boʻlib, ularning orasida davlat xokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatiga boʻlinishi hal qiluvchi qoida sifatida muhrlab qoʻyilgan.
Ana shunday huquqiy poydevor asosida mamlakatimizda tub maʼmuriy islohatlar amalga oshirildi, davlat va xoʻjalik boshqaruvining tarkibiy tuzilishi modernizatsiya qilindi, joylarda hokimlik instituti joriy etilib, mahalliy hokimiyat organlari qayti tashkil qilindi va oʻzini oʻzi boshqarish organlari tizimi- mahalla instituti rivojlantirildi desak adashmaymiz.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotlari asoslari, yangicha iqtisodiy munosabatlar mehanizimlari, tegishli infratuzilma institutlari joriy qilindi. Bugungi talablarga javob beradigan mutloqa yangi moliya va ikki bosqichli zamonaviy bank tizimlari shakllantirilib, iqtisodiyotimizning barcha soha va tarmoqlarida chuqur islohatlar amalga oshirildi.
Amalda iqtisodiyotimizning barcha sohalari rivojlanib, uning tarkibida xususiy mulk ustuvor rivojlanishi imkoniyatga ega boʻldi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotimizda nafaqat hal qiluvchi oʻrinni, balki bozorlarimizni zarur tovar va hizmatlar bilan toʻldirish, odamlarning daromadi va farovonligini yuksaltirish, aholi bandligini oshirishning eng muhim omiliga aylandi. Buyuk maqsadlar yoʻlida erishilayotgan yuksak natijalar zamirida Konstitutsiyamizda mustaxkamlab qoʻyilgan tamoyil va normalar, dunyoda “Oʻzbek modeli” sifatida eʼtirof etilgan milliy taraqqiyot tamoyillari mujassam.
Eng muhimi, Bosh Qomusimiz bizga erkinlik berdi, mustaqilligimizni huquqiy asoslarda kafolatladi, oʻz huquqlarimizni bilishimiz uchun keng yoʻl ochib berdi, deya gʻurur bilan ayta olamiz.
Mana 30 yildan buyon Bosh Qomusimiz oʻzining hayotiligini namoyon etib kelmoqda. Yaʼni oʻtgan davr ichida u ilgʻor va demakratik gʻoyalarning hayotimizga singib ketishi uchun mustaxkam tayanch fazifasini oʻtab, barcha yutuqlarimizga poydevor boʻldi.
Qomusimizning yana bir muhim jihati Konstitutsiyamiz tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni oʻzida mujassam etgan hujjatdir. Chunki, u inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining barcha asosiy gʻoya va qoidalarini oʻzida singdirgan. Shu bois asosiy Qonunimiz umuminsoniy gʻoyalar-tenglik erkinlik, birodarlik, halqlar
va millatlararo doʻstlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi eng ulugʻ gʻoyalarga xizmat qiladi. Muxtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyoyevning taʼbiri bilan aytganda “Oʻzbekistonimizning mustaqil yutuq va marralari, ularning ulkan surʼatlari bilan oʻsishi, avvola Konstitutsiyamizing hayot baxsh qudrati va salohiyatini unda mujassam boʻlgan prinsiplar, qoida va normalarning chuqur oʻylangani, har tomonlama mustaxkamga asosga ega ekanini yaqqol namoyon etadi”.
Hulosa qilib aytganda Konstitutsiyamiz mamlakatimizda fuqarolarning tinch-totuvligini, tengligini, davlatlararo xamkorligini taʼminlashda mustaqil omil sifatida xizmat qiladi.
Oʻrta Chirchiq tumani adliya boʻlimi boshligʻi O.Nishonov