Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojjaatlari toʻgʻrisida


Jismoniy va yuridik shaxslarning murojjaatlari toʻgʻrisida

 

          Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil                13-noyabrdagi XVI yalpi majlisida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojjaatlari toʻgʻrisida”gi yangi Qonuni maʼqullandi, 2014-yil

4-dekabrdan eʼtiboran kuchga kirdi hamda shu munosabat bilan 1994-yil

6-mayda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojjatlari toʻgʻrisida” gi Qonuni oʻz kuchini yoʻqotgan.

Mazkur “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojjaatlari toʻgʻrisida”gi Qonun 5 ta bob, 31 ta moddani oʻz ichiga olgan boʻlib, qonun Jismoniy va yuridik shaxslarning murojjaatlarini koʻrib chiqishning tashkiliy-xuquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga, fuqarolarning xuquq va erkinliklari, yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlari himoya qilinishining qoʻshimcha kafolatlarini taʼminlashga hizmat qiladi.

         Shunigdek, Qonuning asosiy maqsadi davlat organlari va muassasalariga, shunigdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga nafaqat jismoniy shaxslarning, balki yuridik shaxslarning murojaatlarini ham berish,murojaatlarni koʻrib chiqishda vujudga keladigan har qanday ijtimoiy huquqiy munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

         Shuni taʼkidlash joizki, Qonunning amal qilishi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks, Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi, Jinoyat protsessual kodeksi, Jinoyat ijroiya kodeksi va boshqa soha qonunlari bilan alohida koʻrib chiqish tartibi belgilangan murojaatlarga, davlat organlari va ular tarkibiy boʻlinmalarining oʻzora yozishmalariga, xat-xabarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

          Jismoniy va yuridik shaxslar davlat organlari xamda muassasalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga faqat ixtiyoriylik asosida davlat tilida, qoraqolpoq tilida yoki oʻzlari bilgan va xohlagan koʻpchilik soʻzlashadigan boshqa tillarda ogʻzaki, yozma va (yoki) elektron shaklda, yakka tartibda yoki jamoa boʻlib ariza, shikoyat va (yoki) taklif bilan murojaat etishlari mumkin.

         Bunday huquqdan chet el davlatlarining jismoniy va yuridik shaxslari, shunigdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham foydalanishga haqli. Eʼtiborli tomoni shundaki, murojaatlar turi (ariza, taklif, shikoyat) va shaklidan esa (ogʻzaki, yozma, elektron) qatʼiy nazar, bir hil yuridik axamiyatga ega.

          Qonunda murojaatlarni bir qator usullarda berish mumkinligi nazarda tutilgan. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaatlar

xar doim mustaqil va ixtiyoriy ravishda ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish vakolat doirasiga kiradigan davlat organlari va muassasalarining oʻziga bevosita yoxud boʻysinuv tartibida yuqori turuvchi organga shunigdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga va ommaviy axborot vositalari taxririyatlariga berilishi mumkin.Agar bu boradagi vakolat Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan belgilangan tartibda vakilga berilgan boʻlsa, u holda vakolatli vakil tomonidan murojaat xuddi shu usulda berilishi mumkin.

           Shuningdek, murojaatlar pochta aloqasi vositalari va axborot tizimi orqali elektron shaklda ham yuborilishi mumkin. Voyaga yetmaganlar, muomala layoqati cheklangan shaxslarning manfaatidagi murojaatlar ularning qonuniy vakillari (ota-onalar, vasiylar va himiylar) tomonidan beriladi.

           Qonun boʻyicha murojaatlarni berish muddatlari belgilanmaydi, ammo ayrim hollarda, agar davlat organi va muassasalarning murojaatini koʻrib chiqish boʻyicha imkoniyatlariga, jismoniy shaxsning huquq va erkinliklari, yuiridik shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash zaruriyatiga bogʻliq boʻlsa, shunigdek qonunlarda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra tegishli organga murojaatini berish boʻyicha aniq muddat belgilanishi mumkin.

        Muhim masalalardan yana biri shuki, Qonunning 6-moddasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini rasmiylashtirishda oʻziga hos hususiyatlar nazarda tutilgan. Xar bir shaxs murojaatni Qonun talablariga rioya etgan holda rasmiylashtirishni bilishi muhimdir.Jismoniy shaxslarning murojaatida uning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yuridik shaxslarning murojaatida esa uning toʻliq nomi va joylashgan yeri (toʻliq pochta manzili, pochta indeksi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻgʻri va aniq koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

          Qonun davlat organlari va muassasalari, fuqarolarninig oʻzini oʻzi boshqarish organlari zimmasiga ham bir qator majburiyatlarni yuklaydi.

          Xususan, Qonun talablariga rioya etgan holda taqdim etilgan murojaatlar davlat organlari va muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan koʻrib chiqish uchun qabul qilinishi va belgilangan tartib xamda muddatlarda koʻrib chiqilishi shart, Qonunning 20-moddasiga muvofiq anonim murojaatlar, jismoniy va yuridik shaxslar vakillaring vakolatlarini tasdiqlovchi xujjatlar mavjud boʻlmaganda berilgan murojaatlar va qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq boʻlmagan murojaatlar bundan mustasno.

          Murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari, ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart boʻlgan davlat organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran 15 kun ichida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha xujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa 1 oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi mazkur qonunning 19-moddasida belgilab qoʻyilgan.

                Ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha materiallar soʻrab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlgan hollarda ularni koʻrib chiqish muddatlarini tegishli davlat organi raxbari tomonidan istisno tariqasida uzogʻi bilan bir oyga uzaytirilshi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinishi shart.

      Bundan tashqari, jismoniy yoki yuridik shaxslarning arizasi yoxud shikoyati anashu murojjaat boʻyicha qonunga hilof qaror qabul qilgan davlat organi   tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, ariza yoki shikoyat berish va uni koʻrib chiqish bilan bogʻliq zararning oʻrni, arizani yoki shikoyatni koʻrib chiqish uchun tegishli davlat organining talabi bilan joylarga borish munosabati bilan qilingan xarajatlarning hamda ana shu vaqt ichida yoʻqotilgan ish ha qining oʻrni murojaat etuvchiga sud tartibida qoplanishi mazkur qonunning 26-moddasida belgilab qoʻyilgan.

                Oʻrta Chirchiq tumani adliya boʻlimi boshligʻi                     O.Nishonov