Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Iqtisodiy sudlar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan huquq va imtiyozlar yuzasidan


Iqtisodiy sudlar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga   berilayotgan huquq va imtiyozlar yuzasidan

Oʻzbekiston oʻz mustaqilligiga erishganidan buyon bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni rivojlantirishni ragʻbatlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish mamlakat rahbariyatining doimiy diqqat markazidagi masalalardan biri boʻlib qolgan.

Birgina soʻnggi yillar davomida tadbirkorlikka yanada keng erkinliklar berilganligi, xususiy mulk ustuvorligini taʼminlash

va uning huquqiy muhofazasini kuchaytirish, korxonalarning xoʻjalik faoliyatiga davlat va nazorat qiluvchi idoralar aralashuvini kamaytirishga qaratilganligi yuzasidan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan va ular asosida aniq chora-tadbirlar koʻrilgan.

Shu maʼnoda mamlakatimizda sud-huquq tizimini tubdan isloh etishligi, qonunchilikni liberallashtirishligi,odil sudlov faoliyatining sifat va samaradorligini oshirishligi, xususiy mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda sudlarning rolini yanada kuchaytirilganligi, sud organlarining mustaqilligini taʼminlash borasida bir qator samarali ishlar amalga oshirilgan.

Iqtisodiy sudlar ham mustaqillik bilan hamqadam odimlab, korxona, tashkilot va tadbirkorlarning qonuniy haq-huquqlarini himoya qilish borasida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan tadbirkorlik subyektlari va barcha sud protsessi ishtirokchilariga qulayliklar yaratish maqsadida iqtisodiy sudlarda sud majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish amaliyoti yaratilganligi tizimimizda eng zamonaviy axborot tehnologiyalarini joriy etish ishlarini yangi bosqichga koʻtarilgan.

Sud majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi ishni koʻrayotgan sud majlisiga qatnashishi lozim boʻlgan boshqa hududda joylashgan sud ishtirokchilari shu sudga kelmasdan oʻzlari joylashgan hududdagi iqtisodiy sudning binosiga kelib videokonferensaloqa tizimi orqali sud protsessida ishtirok etishlariga imkon yaratilganligi, sohadagi bu yangilik tadbirkorlik subyektlariga juda katta qulaylik yaratilganligi, endilikda boshqa viloyatdagi sud majlisiga borish, buning uchun sarf-xarajat qilish, ortiqcha vaqt yoʻqotish kabi tashvishlariga barham berildi.

Ushbu tizim ishga tushishi natijasida sud jarayonida sudya va taraflarning oʻzlarini tutishlariga eʼtibor, sud madaniyati keskin oshganligi, mazkur tizim ishga tushirilgandan buyon sud protsessi ishtirokchilari oʻzlari joylashgan hududlardan chiqmagan holda, videokonferensaloqa orqali boshqa hududlarda oʻtkazilgan sud protseslarida qatnashib, tahliliy hisob-kitoblarga qaraganda ularning salmoqli mablagʻlari tejab qolingan.

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish

va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunga hamda Byudjet kodeksiga iqtisodiy sudning sud buyrugʻi va ijro varaqasini elektron shaklda berish hamda qabul qilish boʻyicha tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Iqtisodiy sudlarning sud buyrugʻi va ijro varaqasini elektron shaklda berish hamda qabul qilish imkoniyati yaratilguniga qadar boʻlgan tartibga koʻra mazkur hujjatlar qogʻozda chop etilishi, sudya tomonidan imzolanishi va sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanishi lozimligi, bundan keyin ijro hujjati sud devonxonasida roʻyxatga olinib, taraflarga, undiruvchi boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga yuborish uchun ijro masalalari bilan shugʻullanuvchi sudning masʼul xodimiga topshirilishi, masʼul xodim tomonidan ijro hujjati tadbirkorlik subyektiga pochta aloqa xizmati orqali yuborilishi yoki shaxsan qoʻliga topshirilishi talab etilar edi, qayd etish lozimki, umumiy yurisdiksiya sudlaridan farqli oʻlaroqligi, iqtisodiy sudlari ijro hujjatlarini undiruvchi (tadbirkor)ga yuborishi, tadbirkor esa oʻz navbatida ijro hujjatini qabul qilib olganidan soʻng uni ijro qilish uchun javobgar joylashgan joydagi sud ijrochilari boʻlimiga taqdim etishi kerakligi belgilangan. Joylardagi adliya boʻlimlari tomonidan ham yuridik va jismoniy shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan kiritilayotgan daʼvo arizalarining elektron shaklda amalga oshirilishi har tomonlama ishlarni tez va sifatli koʻrilishiga xizmat qilmoqda.

Hulosa oʻrnida mamalakatimizda amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirishning yaqqol timsoli boʻlganligi, odil sudlov faoliyatining sifat va samaradorligini oshirish, sudda ishlarni koʻrishda tezkorlikka va protsessual muddatlarning tejalishiga erishish barobarida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, ularning sud orqali himoyalanish huquqlarini toʻla taʼminlash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishdan iboratdir.

Oʻrta Chirchiq tumani adliya boʻlimi boshligʻi                          O.B.Nishonov