Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

YANGI TАHRIRDАGI MEHNАT KODEKSINING QАBUL QILINISH ZАRURАTI


YANGI TАHRIRDАGI MEHNАT KODEKSINING QАBUL QILINISH ZАRURАTI

 

Yildan-yilga mamlakat rivojlanashi bilan bir qatorda tartibga solinishi lozim bo`lgan yangi ijtimoiy munosabatlar ham u bilan birga shakllanadi. Yangi Mehnat kodeksining qabul qilinishining qator sabablari mavjud. Birinchidan, Mehnat kodeksimiz 1995-yilda qabul qilingan bo‘lib, hozirgi zamon talablariga javob bera olmaydi. Misol uchun, birgina statistikaga yuzlanadigan bo`lsak, o`sha vaqtda, ya`ni amaldagi mehnat kodeksimiz qabul qilingan yilda, xususiy sektor ulushi atigi 21 foizni tashkil etgan bo`lsa, hozirga kelib 83 foizdan oshgan. Amaldagi Mehnat kodeksimizda hozirgi davrdagi turli mulkchilik shakllari, ayniqsa kichik va o‘rta biznes subyektlaridagi mehnat munosabatlari to‘liq hisobga olinmagan. Bugungi kunda mehnat resurslari qariyb 19 million kishiga yetgan, korxonalar soni esa 1995 yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Amaldagi Mehnat kodeksimizda hozirgi vaqtda mehnat bozorida rivojlanayotgan 12 ta mehnat turlari aks etmagan misol uchun, kasanachilik, YaTTda yollanma ishchilar, uy ishchilari, kunlik, vaqtinchalik va mavsumiy ishchilar, smenali ishchilar, vaxta uslubi, masofaviy ishchilar, kollegial ijroiya organlari mehnati). Shu boisdan, tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratish va aholi bandligini oshirish bo‘yicha ko‘plab qulay sharoitlar yaratish maqsadida yangi mehnat kodeksining ishlab chiqilish zarurati vujudga keldi. Ikkinchidan, ayrim xalqaro konvensiyalar va hujjatlarning meʼyorlari implementatsiya qilinmagan edi. Yangi tahrirdagi kodeksda esa bu jihatlar hisobga olindi. Ushbu ma`lumotimizning tasdig`i o`laroq shuni aytishimiz mumkinki, Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Majburiy mehnat toʼgʼrisida”gi Konvensiyasida ko`rsatilgan asosiy tushunchalar yangi mehnat kodeksiga kiritildi. Shuningdek, “Haq toʼlanadigan taʼtillar toʼgʼrisida”gi Konvensiyaga ko`ra taʼtil muddatlari xalqaro standartlarga moslashtirildi. Amaldagi mehnat kodeksimizda yillik asosiy ta`tillarning eng kam miqdori 15 ish kunidan iborat bo`lsa, yangi kodeksda esa 21 kunga uzaytirildi. Uchinchidan, Mehnat nizolarini koʼrib chiqishda jamoatchilik ishtiroki va ijtimoiy sherikchilik, jamoaviy muloqot mexanizmlari (misol uchun, ijtimoiy-mehnat masalalari boʼyicha komissiyalar, jamoaviy muzokaralar oʼtkazish, jamoa shartnomasi kelishuvlarini tuzish bilan bogʼliq masalalar) amaldagi mehnat kodeksida aniq belgilanmagan. To`rtinchidan, Fuqarolik, oilaviy va boshqa bir qator qonun hujjatlariga zid boʼlgan normalar mavjud. Masalan, Fuqarolik kodeksi (1009-modda) va Mehnat kodeksida (192-modda) boquvchi xodim vafot etganda zararni ish beruvchidan undirish huquqiga ega shaxslar turlicha belgilangan. Beshinchidan, Mehnat huquqlarini tartibga solishda boʼshliqlar mavjud. Misol uchun: favqulotda va xarbiy holatda mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normalar belgilanmagan. Аyrim sohalardagi ishchilar mehnat munosabatlari oʼziga xos jihatlari hisobga olinmagan (sportchilar, murabbiylar, transport haydovchilari, ijodiy xodimlar va boshqalar) Mehnat munosabatlarini raqamlashtirish texnologiyalari (masalan, qogʼozsiz shaklda mehnat munosabatlariga oid ish yuritish) hisobga olinmagan.

Ushbu sabablar O`zbekistonda yangi tahrirdagi mehnat kodeksining qabul qilinish zaruratini shakllantirdi desak, xato qilmagan bo`lamiz.

 

Javlonbek To`rayev

O`rta Chirchiq tumani adliya bo`limi bosh maslahatchisi