Янгиликлар
ELEKTRON SPORT TURLARI - GURUHLI KOMPYUTER O'YINLARINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR.
ELEKTRON SPORT TURLARI - GURUHLI KOMPYUTER O'YINLARINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR.
Bugun zamonaviy virtual olam, internet olami orqali hayotga butunlay yangi yo’nalish yangi sohalar kirib kelmoqda.
Kundan-kunga dunyoda kibersport tushunchasi ommalashib uning muxlislari soni millionlarni tashkil etmoqda.
Xo’sh kibersport oʼzi nima?
Kibersport – bu virtual makondagi musobaqa boʼlib, insonlar yoki jamoalar oʼrtasida teng sharoitlarda kurashishni bildiradi.
Bugungi kunda kibersportning jahon auditoriyasi 250 millionga yaqin kishini tashkil etadi, sportning ayrim turlari boʼyicha mukofot jamgʼarmalari millionlab dollarlarni tashkil qiladi.
Bugun IT-industriyasi tushunchasi hayotga kirib keldi. Ushbu industriyani rivojlantirish, sohada kadrlarni tayyorlash ham davlat e’tiboridagi masalalarga aylandi.
Jumladan, respublikamizda ham.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-423-son qarori aynan kibersportni xavfsiz rivojlantirish va ommalashtirish, sohada iqtidorli yoshlarni aniqlash ularni professional kibersportga yo‘naltirish, axborot texnologiyalari va IT-industriya uchun salohiyatli kadrlarni tayyorlash ularni sohaga jalb qilish ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.
Qarorga asosan kibersportni rivojlantirishning asosoiy yo’nalishlari etib, kibersport turlari bo‘yicha professional sportchilar va trenerlar, malakali hakamlar va sharhlovchilar hamda boshqa mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash tizimini joriy qilish, kibersport turlari bo‘yicha respublika va xalqaro chempionatlar va turnirlar tashkil etish, shuningdek, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda munosib ishtirok etish, kibersport turlari bo‘yicha ilmiy va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va adabiyotlar ishlab chiqish hamda nashr etish va boshqalar belgilandi.
Shuningdek, sportni rivojlantirish vaziri, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Yoshlar ishlari agentligi direktori hamraislar hisoblanuvchi Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish bo‘yicha idoralararo kengash tashkil qilindi.
Shuningdek, qarorga asosan 2023-yildan boshlab an’anaviy tarzda kibersport turlari bo‘yicha har yili aprel oyida “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatini, har yili dekabr oyida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turnirini, har yili iyun oyida “Yoshlar kubogi” turnirini o‘tkazish belgilab o’tildi.
Bundan tashqari, qarorga asosan ushbu Kibersport boʼyicha musobaqalarda gʼolib hamda sovrindor boʼlgan kibersportchilarga biryoʼla beriladigan pul mukofotlari va sovgʼalar soliqqa tortilmasligi ko’rsatib o’tildi.
Ma’lumki, 1940-50-yillarda paydo bo‘lgan videoo‘yinlar (kibersport) bugun dunyo iqtisodiyotida katta o‘rin egallagan yo‘nalish aylanib ulgurgan. Shuning uchun ushbu sohani tartibga solish, yoshlarning ushbu sohadagi faoliyatini yo’naltirib turish zarur.
Yuqorida ko’rsatilgan president qarori aynan sohani tartibga solish va shu orqali yoshlarning bo’hs vaqtlarini ular faoliyatini yo’naltirib turishga qaratilgan.
Parkent tumani adliya bo’limi Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi boshlig’i S.Xasanboyev