Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Sha`riy nikohning salbiy oqibatlari


                                 Sha`riy nikohning salbiy oqibatlari

 

 

 

Xalqimiz azaldan farzandlar kamolini, yaxshi kunlarni orziqib yashaydi. O‘gil qizlarining to`yini ko`rish, ularni baxtli farovon sog`lom yashashini ko‘rishni istaydi. Ammo oila qurish borasida davlatimiz tomonidan kelajak avlodni sog‘lomligiga g`amxo‘rlik maqsadida bir qancha huquq normalari belgilanib kelinishiga qaramay , nikohlanuvchilarimizni belgilangan huquq normalariga amal qilmaslikdan o`zlariga ham huquqiy, ham tibbiy muammolar keltirib chiqarmoqda. Masalan, sha`riy nikoh asosida oila kurish oqibatida Krasnogorsk shaharchasida ikki shaxs   bir biriga OITS kasalligini yuqtirib, yashab kelishi davomida xomilador bo‘lgachgina qonuniy nikohdan o`tish uchun ariza berish uchun murojaat qilishgan. Oqibatda tibbiy ko`rik xulosasida har ikki nikohlanuvchilar OITS bilan kasallanganligi aniqlanibdi, bu esa juda noxush holatdir. Kelajak avlodni sog`lom dunyoga kelishi ota-onaning sog`lomligi muhim poydevordir. Asr vabosi hisoblanmish OITS kasalligiga hozirgi kungacha davo topilgani yo`q.

OITSga qarshi kurash, sha`riy nikohlarni oldini olish, nikohlanuvchilarni tibbiy ko`rikdan o`tkazishdagi sustkashliklarni, erta nikoh, erta tug`ruqlarni oldini olishga qaratilgan targ`ibot tashviqot ishlarini mahallalarda, maktablarda yanada kuchaytirish kerak ekan.

Yurtimizda nikoh munosabatlarini mustahkamlash, oilaviy hayotda ro`y beradigan salbiy xodisalarni oldini olish, barkamol avlodni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlardan ko`zlangan maqsad ham sog`lom va mustahkam oila barpo etishdir.

 

 

Parkent tumani 2-son FHDYo bo`limi mudirasi   S.U.Axrolova