Янгиликлар
Sha`riy nikohning salbiy oqibatlari
Sha`riy nikohning salbiy oqibatlari
Xalqimiz azaldan farzandlar kamolini, yaxshi kunlarni orziqib yashaydi. O‘gil qizlarining to‘yini ko‘rish, ularni baxtli farovon sog`lom yashashini ko‘rishni istaydi. Ammo oila qurish borasida davlatimiz tomonidan kelajak avlodni sog‘lomligiga gamxo‘rlik maqsadida bir qancha huquq normalari belgilanib kelinishiga qaramay, nikohlanuvchilarimizni belgilangan huquq normalariga amal qilmaslikdan o`zlariga ham huquqiy, ham tibbiy muammolar keltirib chiqarmoqda. Masalan, sha`riy nikoh asosida oila kurish oqibatida Krasnogorsk shaharchasida ikki shaxs bir biriga OITS kasalligini yuqtirib, yashab kelishi davomida xomilador bulgachgina qonuniy nikoxdan o`tish uchun ariza berish uchun murojaat qilishgan. Oqibatda tibbiy ko`rik xulosasida xar ikki nikohlanuvchilar OITS bilan kasallanganligi aniqlanibdi, bu esa juda noxush xolatdir. Kelajak avlodni sog`lom dunyoga kelishi ota-onaning sog`lomligi muhim poydevordir. Asr vabosi xisoblanmish OITS kasalligiga xozirgi kungacha davo topilgani yo`q.
OITSga qarshi kurash, sha`riy nikohlarni oldini olish, nikohlanuvchilarni tibbiy ko`rikdan o`tkazishdagi sustkashliklarni, erta nikoh, erta tug`ruqlarni olidini olishga qaratilgan targ`ibot tashviqot ishlarini maxallalarda, kollej maktablarda yanada kuchaytirish kerak ekan.
Yurtimizda nikoh munosabatlarini mustaxkamlash, oilaviy xayotda ro`y beradigan salbiy xodisalarni oldini olish, barkamol avlodni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlardan ko`zlangan maqsad xam sog`lom va mustaxkam oila barpo etishdir.