Янгиликлар
KORPORATIV TIJORAT FAOLIYATINING HUQUQIY TARTIBGA SOLISH SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN HUQUQIY ISLOHOTLAR
KORPORATIV TIJORAT FAOLIYATINING HUQUQIY TARTIBGA SOLISH SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN HUQUQIY ISLOHOTLAR
Korporatsiya, Korporativ tijorat, kompaniya menegmenti kabi tushunchalar bugun jahon iqtisodiytoining asosiy tushunchalaridan hisoblanadi. Zamon rivojlangani, iqtisodiy munosabatlar rivojlangani sari, savdo-tijorat sohasida murakkab va o’ziga xos savdo shakllari va turlari, iqtisodiy boshqaruv mehanzimlari ham vujudga keldi. XVIII-XIX asrda, Germaniya, Gollandiya, Angliya va Fransiyada butun dimyoda amal qilgan, iqtisodiy asosi korporatsiyalar hisoblangan kolonial tizim rivojlandi.
Dunyoda iqtisodiy muvozanatga katta ta’sir ko’rsatgan korporatsiyalar vujudga kelishi bilan iqtisodiy boshqaruv tamoillari ham o’zgarib bordi.
Bugungi kunda iqtisodiy hamda iqtisodiy boshqaruv munosabatlarining ushbu yo’nalishini tartibga solish, shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakllarini rivojlantirish, zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini muntazam takomillashtirish nafaqat bozor balki barcha davlatlarning oldidagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda mamlakatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 8-noyabr kuni “Korporаtiv munosаbаtlаrning huquqiy аsoslаrini yanаdа tаkomillаshtirish chorа-tаdbirlаri toʼgʼrisidа”gi PQ-415-sonli qarori abul qilindi.
Qarorga asosan 2022-yil 1-dekabrdan boshlab tijorat tashkilotlari faoliyatiga oid bir necha talablar bekor qilinishi belgilandi.
Jumladan,
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, bundan aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan ko‘p bo‘lgan tashkilotlarda, aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan kam bo‘lgan, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarida ichki audit xizmatlarini tashkil etish bekor qilindi.
Shuningdek, 2022-yil 1-dekabrdan boshlab, mas’uliyati cheklangan jamiyatning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, mas’uliyati cheklangan jamiyatning yuridik shaxs hisoblangan ishtirokchilari vakillariga umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tartibda tasdiqlash, mas’uliyati cheklangan jamiyatda zaxira jamg‘armasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining (ustav kapitalining) kamida 15 foizi etib belgilash kabi talablar bekor qilindi.
Qarorning 2-bandiga ko’ra, 2023-yil 1-martdan boshlab unitar korxona yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklida yuridik shaxs tashkil etishga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek, 4-bandiga asosan mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shiladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ming baravaridan ko‘p bo‘lgan pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholashi va baholangan qiymatdan yuqori bo‘lishi mumkin emasligi, yuridik shaxslar qo‘shib yuborish, qo‘shib olish va tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari, topshirish hujjatida ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmaganligidan qat’i nazar, qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga o‘tgan hisoblanishi belgilandi.
Shuningdek, qarorda yana boshqa bir qator yengillik va avzalliklar belgilab o’tilgan bo’lib, ushbu belgilangan normalar jamiyatda bozor iqtisodiy munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanuvchi korporativ boshqaruv munosabatlarini yanada rivojlantirish, soddalashtirish va shu orqali bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi shubxasiz.
Parkent tumani adliya bo’limi Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi boshyuriskonsulti D.Turdaliyev