Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Xabaringiz bor, davlatlar bu oilalar yigʻindisi va bir xududda yashayotgan bir necha oylalar jamlangan joy qishoq, shaxar tashkil topadi shu bilan ularning yigʻindisdan davlatlar tashkil topadi.


Xabaringiz bor, davlatlar bu oilalar yigʻindisi va bir xududda yashayotgan bir necha oylalar jamlangan joy qishoq, shaxar tashkil topadi shu bilan ularning yigʻindisdan davlatlar tashkil topadi.

Dubay davlatiga asos solgan Shayx Rashid shunday degan “Meni bobom tuyada yurgan, Meni otam esa tuyada yurgan, men Mersedesda yuraman, farzandim esa Rols Roysda yuradi, nevaram Mersedesda yuradi, evaram esa tuyada” yani nima demoqchi “qiyinchilik davrida mexnat orqali kuchli kishilarni paydo qiladi, kuchli kishilar esa yaxshi davrlarni yaratadi, yaxshi davrlar (boyib ketganingda) ojiz va irodasiz kishilarni yaratadi, ojiz va irodasiz kishilar qiyin davrlarni olib keladi” demoqchi yani biz kelajakga tamal toshini oilalardan boshlashimiz zarur. Buning uchun nima qilish lozim degan savolga, oddiy javob mavjud “Qonun ustivorligini taʼminlash” bilan. Shuningdek Shayx Rashid “Yaxshi davrlar” deganda oʻz oilasi yani boy insonligini va boylik insonni dangasalikka olib kelishi muminligiga urgʻu berib, inson doimo intilish bilan va yuqori marrani koʻzlab yashashi lozimligi va inson faqat boylik emas, kimgadir kerak boʻlib yashash lozimligi, xamda bu xayotda oʻz oʻrniga ega boʻlish lozimligini bildirgin.

Masalan oilalarni olsak Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14 bobi oila va uning mustaxkamligini taʼminlash xamda oila munosababini tartibga solishga bagʻishlangan.

Oila mavzusi Oʻzbekistonning asosiy qomusi Konnstitutsiyada belgilangan ekan bu bilan oila mavzusi davlatimizda katta etibor va eʼtirof etilayotganidan dalolat beradi. Shuningdek Konstitutsiyamizning 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega. Nikoh ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi.

Shundan koʻrinib turibdiki nikox ixtiyoriy, yani turmush qurayotgan boʻlajak er va xotinlar, oʻz ixtiyorlari bilan oila qurayotganliklarini bildiradi. Agar oila taʼziq va boshqalarning majburlagan xolda, bir insonning ikkinchisiga qaram, tobe boʻlishi natijasida qurilsa, vaziyat oʻzgarganida ushbu oila tanazulga yuz tutishi mumkin.

Shuningdek oila qurilganidan soʻng ular oʻziga munosib turmush sharoitida yashash, mulkdor boʻlish, oʻziga tegishli sharoitlar yaratish, xullas baxtli xayot kechirishi uchun uning xuquq va erkinliklar ximoyalangan boʻlishi lozim shu sabab qomusimizning 63 moddasida “oilaning qonuniy xuquq va manfaatlari davlat ximoyasidadir” deb belgilangan. Shu sabab oila davlat ximoyasida.

Konstitutsiyaning 64-moddasida “Ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur”ligi belgilangan, xar bir oila oʻz ixtiyori bilan turmush qurar ekan, kelajak avlodni oʻylashi va oʻzidan merosxoʻr qoldirishni orzu qiladi va farzandli boʻladi. Farzandli boʻlgan xar bir oila, tugʻilgan farzandlarni taʼminlash va tarbiyalashi lozim, negaki kelgusida, yani ota ona keksayganida ularni parvarishlash va gʻamxoʻrlik qilishlari uchun. Bejizga “sen yozasan-farzandlaring oʻqib beradi” deyishmaydi shu sabab ularga toʻgʻri tarbiya berish xam katta axamiyatga ega.

Baʼzi bir oilalar xayotga yengil qarab qarzandli boʻlgandan keyin farzandini boqish va tarbiyalashdan qochib, oʻzini oʻtkinchi xoyu-xavaslariga uchib farzandlarni tashlab ketishadi, bu esa ularning oilasida toʻgʻri tarbiya boʻlmaganidan dalolatdir. Ammo davlatimiz ushbu xolatda xam oʻz fuqarolarini tashlab qoʻymaydi. Konstitutsiyamizning 64 moddasida “Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni boqish, tarbiyalash va oʻqitishni taʼminlaydi, bolalarga bagʻishlangan xayriya faoliyatlarni ragʻbatlantiradi” Yani ushbu bolalar davlatimiz ximoyasidaligidan dalolat. Jumladan davlatimiz Raxbari raxnamoligida yetim bolalarga yangi qurilayotgan uylardan ajratish, oʻrta va oliy taʼlimni davlat xisobidan oʻqitish va ishga joylash masalalari amalga oshirilib kelinayotganligi taqsinga sazovor.

Yuqorida aytib oʻtkanimizdek “nimani eksang - shuni oʻrasan” yani farzandlarga toʻgʻri tayrbiya bersang kelajakda senga shunga qarab eʼtibor boʻladi.

Yaxshi tarbili oila farzandlari ota onasini olgan tarbiyasi maxsuli sifatida yaxshi eʼtibor berib keladi, ammo “guruch kurmaksiz boʻlmaydi” deganday yaxshi tarbiya olmagan, ota onasi tarbiyaga axamiyat bermagan oilalarda ota onasini eʼtibor bermaslik xolatlari xam uchrab turibdi shu sabab, Ushbu omilllar xam asosiy qomusimizda, yani 65-moddasida oʻz aksini topgan “Farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar” Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Shuningdek 66-moddasida Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar oʻz ota-onalari haqida gʻamxoʻrlik qilishga majburdirlar.

Bundan koʻrinib turibdiki davlatimiz qonunlaridada oilaga boʻlgan munosabat yetarlicha tartibga solingan uni amalga oshirish esa oʻzimizning qoʻlimizda.

Bir oz oʻylab koʻraylik qomusimizda belgilangan omillarni atigi bir qismi, oila majburlab nikoxdan oʻtsa, voyaga yetmagan yosh qizni uzatsa, bolagan tarbiya berilmasa bunday farzand kelajakda ota onasiga eʼtibor berib ularga gʻamxurlik qilishini tasavvur qilish. Bu “Oila misli doira” yoki “Bumerang” albatta qaytadi.

 

Yangiyoʻl shaxar adliya boʻlimi YUXKM bosh yuriskonsulti M.Islamovning