Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATISHNI SODDALASHTIRISH, BYUROKRATIK TOʻSIQLARNI QISQARTIRISH HAMDA DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATISH MILLIY TIZIMINI RIVOJLANTIRISH


DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATISHNI SODDALASHTIRISH, BYUROKRATIK TOʻSIQLARNI QISQARTIRISH HAMDA DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATISH MILLIY TIZIMINI RIVOJLANTIRISH

QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA

 

               Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli “Davlat hizmatlarini sodalashtirish,byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirish qoʻshimcha chora tadbirlari” toʻgʻrisidagi Farmoniga asosan, Davlat xizmatlarini koʻrsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʻmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirishga yuzasidan aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan 73 turdagi maʻlumotnoma va hujjatlar taqdim etilishi talabi bekor qilinib, davlat organlari tomonidan ushbu maʻlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olish tizimi joriy etildi.

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun davlat xizmatlari koʻrsatish koʻlamini oshirish, aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, bu borada barcha uchun teng sharoitlarni yaratish orqali inklyuziv muhitni shakllantirish maqsadida:

1. 2022-yil 1-avgustdan boshlab:

a) davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qoʻshimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi (keyingi oʻrinlarda — Mobil-ID tizimi) joriy etildi;

b) shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash boʻyicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi;

shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga koʻra davlat xizmatlari markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) yoki notarial idora tomonidan yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi;

Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan oʻtish uchun fuqaro tomonidan bevosita Markaz yoki notarial idoraga murojaat qilinganda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etiladi hamda Markaz yoki notarial idora xodimi tomonidan fuqaroning yuzi raqamli formatda rasmga tushiriladi, elektron shaklda qoʻl barmogʻi izi olinadi va mobil telefon raqami YIDXPdagi shaxsiy kabinetga bogʻlanadi;

Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan oʻtish uchun fuqaro tomonidan YIDXPning mobil ilovasidan foydalanilganda masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) usuli yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzo qoʻllaniladi hamda mobil telefon raqami YIDXPdagi shaxsiy kabinetga bepul bogʻlanadi;

bevosita Markazlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022-yil 31-dekabrga qadar toʻlov undirilmasdan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida bir martalik toʻlov undirilgan holda amalga oshiriladi;

Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qoʻllamagan holda barcha davlat xizmatlaridan (bundan moliyaviy xizmatlar mustasno) foydalanishi mumkin;

fuqaroning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar uning xohishiga koʻra va belgilangan toʻlovlar asosida Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuboriladi.

 

YANGIYOʻL SHAXAR DXM

BOSH MUTAXASISI                                                         FERUZA MUXITDINOVA