Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Bola xonadon quvonchi. Uning tugʻilishi shodlik. Har bir ota-onaga dilbandi tugʻilgach katta masʼuliyat yuklanadi. Avvalo, farzandiga chiroyli ism tanlaydi. Bolaga ilk hujjat – tugʻilganlik haqidagi guvohnoma oladi. Bor mehr-muhabbatini, qalb qoʻrini bagʻ


Bola xonadon quvonchi. Uning tugʻilishi shodlik. Har bir ota-onaga dilbandi tugʻilgach katta masʼuliyat yuklanadi. Avvalo, farzandiga chiroyli ism tanlaydi. Bolaga ilk hujjat – tugʻilganlik haqidagi guvohnoma oladi. Bor mehr-muhabbatini, qalb qoʻrini bagʻishlaydi. Ammo hamma ota-ona ham baravar emas. Ayrimlar hatto bolasiga tugʻilganlik haqidagi guvohnomani olishni ikkinchi darajali masala deb hisoblaydi. Bola tugʻilganini rasman tasdiqlovchi hujjat, yaʼni “tugʻilganlik haqidagi guvohnoma” FHDYO boʻlimi tomonidan yoziladi. Bolaning tugʻilishini qayd etish majburiy boʻlib tugilganlik guvoxnomasini eksterritorial tamoini asosida istalgan FXDYO bulimida kayd etiladi!

Shuni takidlab utish kerakki tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini oʻz vaqtida rasmiylashtirmaslik oqibatida bolaning huquq va erkinligi poymol boʻlishi mumkin. Masalan, oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatilmasligi, maktabgacha taʼlim muassasasiga va umumiy taʼlim maktablariga jalb etilmasdan qolgan holatlari ham mavjud. Shuningdek, guvohnomasiz pasport olish ham mumkin emas. Bu esa oʻz navbatida, bola jamiyatda oʻz oʻrnini topishida qiyinchilik tugʻdiradi.

Tugʻilganlik haqidagi ariza bilan bola tugʻilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida FHDYO boʻlimiga murojaat qilishi mumkin. Agar bola respublika hududidan tashqarida tugʻilgan boʻlsa, uni roʻyxatga qoʻyish Oʻzbekistonning oʻsha mamlakatdagi konsullik muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Bola tugʻilgani haqidagi ariza ota-onasining yoki ulardan biri, alohida hollarda esa qarindoshlari, qoʻshnilari, tibbiyot muassasalari maʼmuriyati, ichki ishlar yoki vasiylik va homiylik organlari tomonidan berilishi mumkin. Tugʻilganlikni qayd etish uchun tibbiyot muassasasining bola tugʻilganligi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnomasi, ota-onaning pasporti yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar, nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi gerbli guvohnoma yoki otalikni belgilash haqidagi ariza, yoxud nikohda boʻlmagan onaning arizasi taqdim etiladi. Bolaning tugʻilganini qayd etishda unga familiyasi ota-onasining kelishuviga koʻra, ota yoki onaning familiyasi, bobolaridan birining yoxud otaning ismi boʻyicha beriladi. Kelishuv boʻlmagan taqdirda nizolar vasiylik va homiylik organi, konsullik okrugida esa konsul tomonidan hal etiladi. Bolaga ism ota-onaning roziligiga koʻra beriladi.

 

Gulnoza Pardayeva

Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahar FHDYO bulimi mudirasi