Янгиликлар
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi va mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi toʻgʻrisida
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi va mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi toʻgʻrisida
“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga (https://lex.uz/docs/-2625878#:~:text=MEHNATGA%20LAYOQATSIZLIK%20VARAQALARINI%20BERISH%20TARTIBI%20TO...) koʻra,
Mehnatga layoqatsizlik
varaqasi— shaxsni ishdan ozod qilish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi yoki homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlash uchun asos boʻladigan hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kechadigan kasallanishning hisobi yuritiladigan hujjat hisoblanadi.
Fuqarolarning kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi, oilaning betob aʼzosini parvarishlaganligi, protez qoʻydirganligi, sanatoriy-kurortda davolanganligi, shuningdek sogʻligʻi holatiga koʻra boshqa ishga oʻtkazish uchun va karantin tufayli mehnatga vaqtincha layoqatsizligini ekspertiza qilish natijalariga koʻra aniqlangan mehnatga vaqtincha layoqatsizligi mehnatga layoqatsizlik varaqasi bilan tasdiqlanadi.
Mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi—shaxsni ishdan (oʻqishdan) ozod qilish uchun asos boʻladigan hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kechadigan kasallanishning hisobi yuritiladigan hujjat hisoblanadi.
Quyidagilar mehnatga layoqatsizlik maʼlumotnomasi bilan tasdiqlanadi:
-oʻquvchi, talaba, magistrant, klinik ordinator va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning oʻqishga vaqtincha layoqatsizligi;
-alkogolga qaramlik natijasidagi kasalliklar va jarohatlar, shuningdek mastlik natijasida olingan jarohatlar;
-xodimlarni davriy profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi;
-harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni ambulatoriya yoki statsionar sharoitda tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi;
-kasallikning kelib chiqishi kasb bilan bogʻliqligini aniqlash yuzasidan tekshiruv oʻtkazilganligi;
-ayblanuvchi yoki sudlanuvchining sud ajrimi bilan tibbiy muassasaga joylashtirilganligi;
-ambulatoriya sharoitida oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolaning parvarishga muhtojlik davri oʻn toʻrt kalendar kundan oshganligi.
“Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 10-bandiga koʻra (https://lex.uz/docs/357102#:~:text=10.%20%D0%92%D0%B0%D2%9B%D1%82%D0%B8%D0%BD%D1%87%D0%B0%20%D0%BC%D...) , vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos boʻladi.
P.S.amaliyotda shu ikkala hujjatni adashtirib yuborish natijasida hodimga pul toʻlash holati uchrab turadi.Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, faqat mehnatga layoqatsizlik varoqasi hodimga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun asos boʻladi.
Adliya boʻlimi bosh maslahatchisi T.Abdullayev