Янгиликлар
29
Mehnat ta’tilidan chaqirib olish tartibi
Mehnat ta’tilidan chaqirib olish tartibi
Xodim ta’til paytida xam hodimni ta’tildan chaqirib olish xolatlari uchrab turadi.Shu o’rinda xodim bilan ish beruvchi o’rtasida muddat masalalarida kelishmovchiliklar paydo bo’ladi.Xodim 24 yoki 18 ish kunidan iboat mehnat ta’tiliga chiqqanda ta’tilni yarmi o‘tmay turib xam chaqirib olish holatlari uchraydi.
Mehnat Kodeksining 147-moddasiga ko‘ra, ta‘tildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yo’l qo’yilishi ko’rsatilgan. Shu munosabat bilan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi Mehnat Kodeksining 143-moddasining tegishli qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilgan holda keyingi ish yilining ta’tiliga qo‘shib qo‘yilishi kerak.
Asosiy talab bu yerda xodim rozi bo’lsagina ta’tildan chaqirib olish mumkin. Xodim ish beruvchining ta’til tugamasidan ishga chiqish haqidagi ko’rsatmalarini bajarishdan bosh tortish xolatlari bo’lganda buni mehnat intizomini buzgan deb xisoblaydi.Qonuniy tarafdan olganda bu jarayonni mehnat intizomini buzish deb baholab bo‘lmaydi.
Ta’tildan chaqirib olishning keyingi talablari Mehnat Kodeksining 143-moddasida nazarda tutilgan. Unga ko’ra ta’til har yili, shu ta’til berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi lozim.
Ishlab chiqarish tusidagi sabablarga ko’ra joriy yilda ta’tilni to’liq berish imkoni bo’lmagan alohida hollarda, xodimning roziligi bilan ta’tilning 12 ish kunidan ortiq bo’lgan qismi keyingi ish yiliga ko’chirilishi mumkin, shu yili undan albatta foydalanilmog’i lozim va zarur.Bu norma ham xodim bilan ish beruvchi o’rtasida kelishmovchilikka olib keladi
Masalan:xodimning mehnat ta’tili davomiyligi 24 ish kuni. 7 ish kunidan keyin rahbar xodimni uning roziligi bilan mehnat ta’tilidan chakirib oldi, ta’tilning qolgan 17 kuni esa keyingi ish yiliga ko’chirildi. Xodim rozilik beradimi yoki bermaydimi bu vaziyatda mehnat qonunchiligining yaqqol buzilgani ko’rinib turibdi, mehnat ta’tilining 12 ish kuniga teng qismidan albatta joriy yilda foydalanilishi shart.
Shuning uchun byudjet tashkilotlarida ishlovchi kadrlardan yuqoridagi normalarga rioya etishini va xodimning konstitutsiyaviy huquqlarini buzmaslik va ta‘tilda foydalanadigan qo’shimcha imtiyozlarini vaqtida qo’llashni talab etadi.
Аdliya bo‘limi bosh maslahatchisi T.Abdullayev