Янгиликлар
29
Mehnat qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar.
Mehnat qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 2021 yil 14 oktyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2022 yil 17 martda Senat tomonidan ma’qullangan edi. Kodeks 7 bo’lim, 34 bob va 581 moddadan iborat.
Birinchidan, xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog’liq bo’lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi odimlar mehnat huquqlari va erkinliklarining, shu jumladan mehnat qilishga, erkin ish tanlashga, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga hamda ishsizlikdan himoyalanishga bo’lgan huquqining davlat kafolatlarini belgilash ;
Ikkinchidan, ish beruvchilarning kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish va samarali mehnat jarayonini tashkil etish sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash;
Uchinchida, mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni rag’batlantirish va rivojlantirish;
To‘rtinchidan, xodimlar va ish beruvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
Beshinchidan, mehnat bozorining samarali faoliyat ko’rsatishiga ko’maklashish;
Oltinchidan, ishga qabul qilish bosqichlari, jumladan, ishga kirish tartiblari belgilab olinmoqda:
Yettinchidan, ayrim toifadagi xodimlar (rahbarlar, bosh buxgalterlar) uchun sinov muddati 3 oydan 6 oygacha uzaytirilmoqda. Xodimning pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish” asosi chiqarib tashlanmoqda.
Sakkizinchidan, ishdan bo’shatish nafaqasini ish beruvchida ishlagan ish stajiga qarab differensiatsiyalashgan miqdori belgilanmoqda.
To‘qizinchidan, dam olish kunini davlat bayramlari (ishlanmaydigan bayram kunlari) kunlariga to’g’ri kelgan taqdirda ko’chirish qoidasi kiritilmoqda
O‘ninchidan. mehnat ta’tilining minimal davomiyligi kalendarь kunlarda (15 ish kuni o’rniga 21 kalendarь kuni) belgilanmoqda
O‘n birinchidan, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari, 14 yoshga to’lmagan bolalari, nogironligi bo’lgan bolalari bor yolg’iz ota-ona, shuningdek ko’p bolali oilalardagi ota-onalar;
O‘n ikkinchidan, umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablari va kollejlari hamda texnikumlarini tamomlab, kasbga ega bo’lgan yoshlar;
O‘n uchunchudan, “Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy ta’lim tashkilotlarining davlat grantlari bo’yicha ta’lim olgan bitiruvchilari;
O‘n to‘rtinchidan, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati qo’shinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan bo’shatilgan shaxslar, nogironligi bo’lgan shaxslar, pensiya oldi yoshidagi shaxslar (qonunda belgilangan pensiya yoshiga qadar ikki yil oldin), jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar yoki sudning qaroriga ko’ra o’ziga nisbatan tibbiy yo’sindagi majburlov choralari qo’llanilgan shaxslar, odam savdosidan jabrlanganlar, davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo’yicha qo’shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.
Yuqoridagi sanab o‘tilgan o‘zgartirishlar mehnat qonunchiligi inson va shaxslarning manfaatini ko‘zlangan deb atasak mubolag‘ bo‘lmaydi.
Аdliya bo‘limi bosh maslahatchisi T.Abdullayev