Янгиликлар
29
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARIDA STRATEGIK QARORLARI QABUL QILISHDA AXBOROT TIZIMLARINI QO‘LLASH.
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARIDA STRATEGIK QARORLARI QABUL QILISHDA AXBOROT TIZIMLARINI QO‘LLASH.
Bugun hududlarni rivojlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki boshqacha aytganda, barcha bo‘g‘indagi hokimliklarning mas’uliyati tobora ortib borayapti. O‘tgan davrda davlat hokimiyati organlari faoliyati qonunchiligida ham tashkiliy-amaliy jihatlarida ham tub o‘zgarishlar, yangilanishlar yuz berdi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash, ijtimoiy sheriklik, markazda hamda joylarda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va hududiy dasturlarini ishlab chiqishda jamoatchilik ishtirokining tashkiliy-huquqiy asoslari shakllantirildi. Ijro hokimiyatining vakillik organlari oldida hisobdorligi tamoyili Konstitutsiya hamda qonunlarda mustahkamlab qo‘yildi. Bu esa o‘z-o‘zidan barcha bo‘g‘indagi hokimliklar zimmasiga yangidan-yangi vazifalarni yuklamoqda.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarida samarali boshqaruv faoliyatini tashkil etish ochiqlikka asoslangan, samarali qarorlar qabul qilish tizimini tatbiq etilganligiga bevosita bog‘liq. Shuningdek, boshqaruvning barcha bo‘g‘inida samarali qarorlar qabul qilish tizimini tatbiq etilganligi 2017— 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarga erishish kafolati hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatnomalarida «So‘nggi 4 yilda barcha sohalarda keng ko‘lamli o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha 150 ta qonun, 2 mingga yaqin farmon va qarorlar qabul qilindi. Amaldagi nazorat tizimi esa ko‘proq formal tusga ega bo‘lib, ijroni tashkil etishdagi muammolarni aniqlash va hal qilishga yo‘naltirilmayapti. Shuning uchun kelgusi yilda bu borada yangi ish tizimi joriy etiladi» deb ta’kidlangan. Shuningdek, «Har bir tuman va shahar hokimi bir oy muddatda o‘z hududida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqib, uning ijrosi bo‘yicha har chorakda mahalliy Kengashlarda hamda ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa hisobot berib borishi zarur. Bu masala barcha rahbarlarning birinchi darajali vazifasi va ish samarasini baholaydigan asosiy mezonga aylanishi kerak» deb ta’kidlangan.
Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi T.Abdullayev