Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Korrupsiya –kelajak taxdidi Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalqni xona


Korrupsiya –kelajak taxdidi
Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalqni xonavayron etadi.

Davlat va jamiyatda sog‘lom muhitning qaror topishi, barqarorligi, tinchligi va taraqqiyoti uchun xavf soladi. Korrupsiyaga qarshi har kim har doim kurashishi, bu illatning jamiyatga, taraqqiyotga va xavfsizlikka katta tahdid ekanini har bir ongli inson chuqur anglashi lozim. Korrupsiya – dastavval davlat =imiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodga hamda yosh ziyolilar qatlamining rivojlanishi, o'sishiga jiddiy taxdid solidi. 
Bu taxdidlarning batamom yo'qotish uchun bir necha chora tadbirlar ko‘rilmoqda.
Xususan, «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Qarori qabul qilinganligini (PQ 2750-son 02.02.2017), Bundan tashqari “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil qilinganligi e‘tiborga molikdir.

Yangiyo’l shahar adliya boshlig’i   A.Tashkulov