Янгиликлар
Olmaliq shahar adliya bo’limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasi yetakchi maslahatchisi Ro’ziyev Baxtiyor
Olmaliq shahar adliya bo’limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasi yetakchi maslahatchisi
Ro’ziyev Baxtiyor
So’ngi yillarda yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini tadbirkor qatlamga aylantirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, so’ngi yillarda tadbirkorlikni aholi orasida keng joriy etish maqsadida birqancha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Tadbirkor deganda daromad olish maqsadida, mas’uliyatni zimmasiga olgan holda, jamiyatga foyda keltiruvchi biron-bir iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan shaxs tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlik to‘g‘risidagi Qoniniga binoan tadbirkorlik faoliyatining quyidagi shakllari mavjuddir:
1.Yakka tartibdagi xususiy tadbirkorlik faoliyati;
2.Yollanma mehnatni jalb etishga asoslangan xususiy tadbirkorlik faoliyati;
3. Shirkatchilik asosidagi tadbirkorlik;
4. Jamoa tadbirkorligi;
5. Davlat tadbirkorligi;
6. Aralash tadbirkorlik-yuridik shaxs hamda fuqarolar tomonidan mol-mulkni qo‘yish yo‘li bilan olib boriladi.
Bugungi kunda yurtimizda tadbirkorlikning yakka tartibdagi shakli keng tarqalgan bo’lib, so’ngi yillarda yakka tartibdagi tadbirkorlarga ko’plab soliq imtiyozkari berilmoqda. Biroq ming afsuslar bo’lsinki, yakka tartibdagi tadbirkorlikni boshlamoqchi bo’lgan fuqarolarimiz ushbu imtiyozlardan lozim darajada xabardor emaslar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik tashkil qilgan insonlarga quyidagi soliq imtiyozlari borligi toʻgʻrisida maʼlumot bermoqchimiz.
1. Yakka tartibdagi tadbirkor qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlashni u tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng tashkil qilingan oyi uchun soliq toʻlamaydi.
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlar har bir yollangan xodimga toʻlanadigan qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqni toʻlashdan ozod etiladi.
3.“Hunarmand” uyushmasining aʼzolari hunarmandchilik faoliyati mahsulotlarini (tovar, ish, xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotishda qatʼiy belgilangan soliqdan ozod etiladi.
4. Faoliyat koʻrsatish turi va uni amalga oshirish joyidan qatʼi nazar I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqni bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida toʻlaydi.
5. Qishloq tumanlarida, (bundan aholi soni 5 ming kishidan koʻp boʻlgan aholi punktlari mustasno) sartaroshxona xizmatlarini, yakka tartibdagi buyurtmalar boʻyicha kiyim tikish xizmatlarini, poyabzal taʼmirlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyatni, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi
tadbirkorlar 2023-yil 1-iyulgacha barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan ozod etilgan.
6. Birinchi marta mikrokredit olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uni olgan sanadan boshlab 6 oy mobaynida qatʼiy belgilangan miqdordagi soliq toʻlashdan ozod etiladi.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida davlat roʻyxatidan oʻtgan va faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2027-yilning 1-yanvariga qadar qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqni toʻlashdan ozod etilgan.
8. Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.
Bundan tashqari, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar yakka tartibdagi tadbirkorlik tashkil qilganda pensiya fondiga pul toʻlamasliklari va ishga olinggan xodimlar esa ijtimoiy soliq toʻlagan taqdirda ularning ish stajiga mazkur YATTda olib borgan faoliyati hisoblanishi nazarda tutilgan.
Agar siz YATT tashkil qilgan yoki qilmoqchi boʻlsangiz, albatta yuqoridagi imtiyozlardan foydalaning.