Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida 12 yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi bor yoki 16 yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onalariga qanday yengilliklar kafolatlanmoqda?


Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida 12 yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi bor yoki 16 yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onalariga qanday yengilliklar kafolatlanmoqda?

Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda huquqiy sohada ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Shundan islohotlar ayniqsa mehnat huquqi sohasida ham jadallik bilan amalgaoshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 28 oktabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi O‘RQ-798 sonli qonunni imzoladi.

Kodeks mart oyida senatorlar tomonidan ma’qullangan edi. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 6 oydan keyin kuchga kiradi. Yangi Mehnat kodeksida quyidagi yangiliklar kiritilgan. Mehnat kodeksining 401-moddasiga koʻra, 12 yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida 4 kalendar kun boʻlgan haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan taʼtil yillik mehnat taʼtiliga qoʻshib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu taʼtildan alohida (toʻliq yoxud qismlarga boʻlib), lekin faqat tegishli ish yili davomida foydalanilishi mumkin. Ushbu taʼtilni keyingi ish yiliga koʻchirishga yoki uni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ushbu qoʻshimcha taʼtildan ham ota, ham ona birdek foydalanishi mumkinmi yoki ona hech qayerda ishlmasa ota ushbu kafolatdan foydalanishi mumkinmi kabi savollar paydo boʻlishi tabiiy. Bu kabi savollarga ham yangi kodeksda javob bor.

Demak, Yangi Mehnat kodeksining 410-moddasiga koʻra (Oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul shaxslardan biriga kafolatlar berish sharti), ushbu Kodeksda bolaning otasiga yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul boshqa shaxslarga (onadan tashqari) mehnat sohasida qoʻshimcha kafolatlar nazarda tutilgan hollarda, ular bolaning onasi yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul boshqa shaxs bu kafolatlardan foydalanmayotganligini tasdiqlovchi hujjatni (ish joyidan maʼlumotnomani, oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnomani, ona va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul boshqa shaxs muomalaga layoqatsiz deb topilganligi toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarorini va hokazolarni) ish beruvchiga ish joyi boʻyicha taqdim etishi kerak.

Agar bolaning onasi ishlamasa hamda bolaning parvarishi va tarbiyasi bilan mashgʻul boʻlsa yoxud ishlasa hamda ushbu paragrafda nazarda tutilgan kafolatlardan foydalansa, otaga yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul boshqa shaxslarga mazkur kafolatlar berilmaydi.

Xulosa qiladigan bo’lsak, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida 12 yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi bor yoki 16 yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasiga bir qancha kafolatlar mustahkamlanmoqda.

 

Olmaliq shahar adliya bo’limi boshlig’i

Aziz Umarov