Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Mehnat qonunchiligimizda erkaklarga berilgan maxsus kafolatlar.


Mehnat qonunchiligimizda erkaklarga berilgan maxsus kafolatlar.

Har yili 19-noyabrda “Xalqaro erkaklar kuni” (International Menʻs Day) butun dunyoda keng nishonlanadi.. Bu birinchi marta 1999 yilda Trinidad va Tobagoda nishonlangan bayram hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyoning 70 dan ziyod mamlakatida mazkur bayram keng miqyosda nishonlanib kelinadi. Bizning yurtimizda ham ushbu bayramni nishonlash urfga kirib bormoqda. Mazkur bayram munosabati bilan menat qonunchiligimizda erkaklar uchun taqdim qilingan ayrim maxsus kafolatlar (nogironligi bor, 18 yoshga toʻlmagan, pensiyaoldi yoki pensiya yoshiga toʻlgan erkaklarga berilgan kafolatlardan tashqari) haqida maʼlumot bermoqchimiz.

14 yoshga toʻlmagan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz otaga, shuningdek koʻp bolali oilalarning ota-onalariga ishga joylashishda qoʻshimcha kafolatlar bor (MK 68-moddasi).

Harbiy xizmatga chaqirilgan (oʻtgan), lekin keyinchalik rezervga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqqan xodim, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytib kelish huquqiga ega (MK 68-moddasi).

14 yoshga toʻlmagan bitta yoki undan ortiq bolani (16 yoshga toʻlmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolgʻiz ota (beva erkaklar, nikohdan ajrashganlar) ga yillik taʼtillar, ularning xohishiga koʻra yoz vaqtida yoki ular uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtda beriladi.

Ishlayotgan erkaklarga yillik taʼtil ularning xohishlariga binoan xotinlarining homiladorlik va tugʻish taʼtili davrida beriladi (MK 144-modda).

Erkaklar bola parvarishlash uchun taʼtilga yaʼni dekretga chiqishlari mumkin! Bolani parvarishlash uchun beriladigan taʼtillardan bolaning otasi ham toʻliq yoki uni qismlarga boʻlib foydalanishlari mumkin (MK 234-moddasi). Bundan tashqari bola parvarishlash taʼtilining kamida uch oyi ota tomonidan foydalanilgan taqdirda, ota yoki onadan biriga qoʻshimcha bir oy nafaqa toʻlanadigan bola parvarishlash taʼtili beriladi (PQ-4235-son 07.03.2019).

Agar erkaklar xohlashsa, bundan tashqari bola uch yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun qoʻshimcha taʼtil ham olishlari mumkin.

Demak bunda, 3 yillik mehnat staji hisoblanadi. Bu 3 yillik davr mobaynida ish joyi (lavozim) saqlanadi. Bu taʼtillar mehnat stajiga lekin hammasini jamlaganda koʻpi bilan 6 yil, shu jumladan mutaxassisligi boʻyicha ish stajiga ham qoʻshiladi.

Agar turmush oʻrtogʻi ishlamasachi, erkaklar ish joyidan dekretga chiqa oladimi? Bunday holatda agar turmush oʻrtogʻi talaba boʻlsa yoki bolani parvarish qila olish imkoniyatiga ega boʻlmasa (ogʻir kasal, nogironligi boʻlsa) erkaklar bola parvarishlash taʼtili olishlari mumkin.

2 yoshga toʻlmagan farzandini tarbiyalovchi ota-onalarning biriga ularning ish paytidagi dam olish va ovqatlanish, bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar hisobidan ish beruvchi bilan kelishgan holda kun davomida foydalaniladigan tanaffus vaqtini belgilash huquqi beriladi (PQ-4235-son 07.03.2019).

Mazkur kafolatlar erkaklar uchun mehnat qonunchiligimizda ularga berilgan kafolatlardir. Mazkur huquqlardan foydalanish esa ularning o’zlariga bog’liq.


Olmaliq shahar adliya bo’limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo’llash amaliyotini o’rganish bo’linmasi yetakchi maslahatchisi

 Ro’ziyev Baxtiyor