Янгиликлар
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari takomillashtirilmokda.
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari takomillashtirilmokda.
Mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida Adliya vazirligi tizimida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi oʻzining ijobiy samarasini koʻrsatmoqda. Bu borada, yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga oʻtkazuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratildi, ish yurituvi toʻliq raqamlashtirilib, qogʻozbozlikka barham berildi.
207 ta tuman va shaharlardagi 2 mingdan ortiq davlat organlarida huquqni bir xil qoʻllash amaliyoti shakllandi hamda aholiga va bevosita ijrochilarga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirishning yangi boʻgʻini yaratildi.
Respublikamizning barcha tuman va shaharlarida Adliya boʻlimlari tarkibida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatining yulga qoʻyilishi bugungi kunda oʻzining ijobiy samarasini berib kelmoqda.
Bundan bir yil oldin 2021-yil 29-iyunda Oʻzbekiston Rerpublikasi Prezidenti tomonidan PQ-5168-sonli “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi va unga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining tizimida 2021-yil 1-oktyabrdan 10 56 ta shtat birliklarida davlat organlari va tashkilotlariga sifatli va
malakali yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tashkil etildi.
Yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlar loyihalarini huquqiy yekspertizadan oʻtkazish va qabul qilish jarayonlarini yelektron shaklga oʻtkazuvchi “Ye-huquqshunos” yelektron tizimi yaratildi. Natijada ish yurituvi toʻliq raqamlashtirildi.
Jumladan, 2021-yil 1-oktyabrdan dastlab Moliya boʻlimi, Xalq taʼlimi boʻlimi, Maktabgacha taʼlim boʻlimi, Madaniyat boʻlimi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi, Davlat oʻrmon xoʻjaligi, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi, Irrigatsiya boʻlimi, Qurilish boʻlimi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlariga hamda Tibbiyot birlashmasi va Obodonlashtirish boshqarmalariga “Ye-huquqshunos” elektron tizimi orqali yuridik xizmat koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyildi.
Toshkent viloyatidagi Olmaliq shahar yuridik xizmat koʻrsatish markazlariga hozirgi kunga qadar jami 10 mingdan ortiq mehnat munosabatlariga oid buyruq va shartnomalar, xoʻjalik munosabatlariga oid hujjatlar va tashkilotning boshqa turdagi idoraviy hujjatlar loyihalari Markazlarga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kelib tushgan. Bu yesa oʻz navbatida yuridik tusdagi hujjatlarning qarʼyb 70 foizidan ortiq qismini tashkil etadi.
Prezidentning 18.03.2022-yildagi “Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 173-son qarori qabul qilindi.
2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan taʼminlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) boʻlinmalariga:
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Qishloq xoʻjaligi boʻlimi, Turizm va madaniy meros boʻlimi, Sportni rivojlantirish boʻlimi, Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Davlat soliq inspeksiyasi, Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, Koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar yuridik xizmat koʻrsatilishi belgilandi.
Shuningdek, yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan taʼminlanmagan davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) boʻlinmalari qamrab olinishi reja-grafigi va yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatining qamrovini oshirish boʻyicha "yoʻl xaritasi" tasdiqlandi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga Adliya vazirligi bilan birgalikda “E-huquqshunos” elektron tizimini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va maslahatlar berib borish maqsadida Sall-markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish, davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) boʻlinmalarini “E-huquqshunos” elektron tizimiga shartnoma asosida ulash, bosqichma-bosqich davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarni ushbu tizimga bepul asosda ulash topshirildi.
Olmalik shaxar YUXKM
raxbari v.v.b: A.Anarbayev