Янгиликлар
DAVLAT TASHKILOTLARIGA ELEKTRON RAVISHDA YURIDIK YORDAM KOʻRSATISHNI SAMARASI.
DAVLAT TASHKILOTLARIGA ELEKTRON RAVISHDA YURIDIK YORDAM KOʻRSATISHNI SAMARASI.
Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa oʻrta va quyi boʻgʻinda huquqiy jihatdan taʼminlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat koʻrsatishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5168-sonli Qaroriga asosan 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etildi. Markazlar tomonidan Moliya boʻlimi,, Xalq taʼlimi boʻlimi, Maktabgacha taʼlim boʻlimi, Madaniyat boʻlimi, Tibbiyot birlashmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi, Davlat oʻrmon xoʻjaligi, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boʻlimi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Irrigatsiya, Qurilish, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimiga quyidagi asosiy yoʻnalishlarda xizmat koʻrsatiladi:
yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash;
davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam koʻrsatish;
davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;
davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻz vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini taʼminlash;
|
davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli boʻlishini taʼminlash belgilangan. |
Bunda davlat tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq barcha maʼlumot va jarayonlar toʻliq elektron ravishda yigʻish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi joriy etilgan va Markazlar tomonidan davlat tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida Adliya vazirligi tizimida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi oʻzining ijobiy samarasini koʻrsatdi. Bu borada, yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga oʻtkazuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratildi, ish yurituvi toʻliq raqamlashtirilib, qogʻozbozlikka barham berildi.
207 ta tuman va shaharlardagi 2 mingdan ortiq davlat organlarida huquqni bir xil qoʻllash amaliyoti shakllandi hamda aholiga va bevosita ijrochilarga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirishning yangi boʻgʻini yaratildi.
Yuridik xizmati mavjud boʻlmagan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa, oʻrta va quyi boʻgʻinda huquqiy jihatdan taʼminlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ173-sonli Qaroriga asosan 2022-yil 1-avgustdan boshlab Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan taʼminlanmagan davlat organlari va tashkilotlarining quyidagi tuman (shahar) boʻlinmalariga:
mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi,qishloq xoʻjaligi boʻlimi,turizm va madaniy meros boʻlimi,sportni rivojlantirish boʻlimi,oila va xotin-qizlar boʻlimi,davlat soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga koʻmaklashish markazi,davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablari,davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari,davlat koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga yuridik xizmat koʻrsatilishini taʼminlash belgilangan.
2022-yil 1-avgustga qadar mazkur qarorning davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) boʻlinmalarini “E-huquqshunos” elektron tizimiga shartnoma asosida ulanadi va ularga xizmat koʻrsatiladi, davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarni “E-huquqshunos” elektron tizimiga bepul asosda ulanadi va ularga xizmat koʻrsatiladi. “E-huquqshunos” elektron tizimini toʻliq va bir maromda ishlashi Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi “UNICON-SOFT” MCHJ masʼul etib biriktirilgan. Bu esa oʻz navbatida ortiqcha ovoragarchiliksiz va qogozbozliklarsiz davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli boʻlishini taʼminlaydi.
Olmaliq shaxar YUXKM
Bosh yuriskonsulti K.Nodirova