Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha qonunchilikda qanday imtiyozlar belgilangan?


Nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha qonunchilikda qanday imtiyozlar belgilangan?

Aytish joizki, o’tgan davr mobaynida mamlakatimizda keksalar va nuroniylarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga zaruriy ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish borasida turli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Nuroniylarga qaratilayotgan e’tiborning izchil davomi sifatida 2022-yilning 15-martida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nuroniylarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ – 167-son qarori imzolandi. Mazkur qarorda nuroniylarni qo’llab-quvvatlash maqsadida ularga bir qator imtiyozlar berildi. Xususan, 2022-yil
1-apreldan boshlab “Nuroniy” jamg’armasi mablag’lari hisobidan:

-      o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi;

-      sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarga shifokorlarning retseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalari, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi;

-      og‘ir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi bo‘lgan keksalarga shifokorlarning retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha bo‘lgan summasi kompensatsiya qilinadi.

Bunda, dori vositalarining ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishiladi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining qarori qabul qilingan kundagi dori vositalarining tegishli summasi kompensatsiya qilinadi;

-      keksalarning jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi muassasalarda (stadion, sport zallari, basseyn va boshqa sport majmualari) jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi.

Bunda, abonement xarajatlarining bir oylik summasi bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan oshmagan holda sport yo‘nalishidagi muassasalarning hisob raqamiga o‘tkazib boriladi;

-      davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari to‘liq qoplab beriladi.

Shuningdek, ushbu qarorda xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni taqiqlash nazarda tutilgan bo’lib, bu pensiya yoshiga to’lgan xodimlarning mehnat munosabatlari sohasidagi huquqlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar adliya bo’limi boshlig’i I.Xatamov