Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ish haqlari va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi


Uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ish haqlari va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, ipoteka krediti mexanizmlaridan foydalanish amaliyotini yanada takomillashtirish va kengaytirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 377-sonli qarori imzolangan.

Unga ko’ra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab dastlabki badalning va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya berilgan fuqarolarning uy-joylarni sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi. Mazkur imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining sakson baravaridan oshmagan qismiga nisbatan tatbiq etiladi

Shuningdek, 2023-yildan boshlab ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan va rekonstruksiya qilingan mol-mulk unga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz olti oy ichida begonalashtirilganda, yuqorida nazarda tutilgan daromadlar belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.

Nurafshon shahar adliya bo’limi bosh masahatchisi E.Eshonqulov