Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Tezlikni chekolovchi sun’iy to’siqlar qanday hollarda o’rnatiladi?


Tezlikni chekolovchi sun’iy to’siqlar qanday hollarda o’rnatiladi?

O’zbekiston Respublikasi “Avtomobil yo’llari to’g’risida”gi qonunining
17-moddasiga ko’ra avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan muttasil, yil davomida, xavfsiz va qulay sharoitlarda harakatlanish huquqiga egadirlar. Biroq ayrim aholi vakillari tomonidan ko’chalarga tezlikni cheklovchi sun’iy to’siqlarning o’zboshimchalik bilan o’rnatib olinishi, boz ustiga bunday to’siqlarni o’rnatishning belgilangan normalariga rioya etilmasligi boshqa fuqarolarning yuqorida keltirilgan huquqlari buzilishiga sabab bo’ladi. Xo’sh, yo’llarga sun’iy to’siqlarni o’rnatish tartibi qanday? “Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti” unitar korxonasi tomonidan “Sun’iy notekisliklar. Umumiy texnik talablar. Qo‘llash tartibi” nomli O‘zbekiston davlat standarti ishlab chiqilgan. Hujjat O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2019-yil 1-iyuldagi №05-1046-son qarori bilan tasdiqlangan.

Sun’iy notekisliklar transport vositalari tezligini ruxsat berilgan 40 kilometr/sekund ko‘rsatkichigacha pasaytirish uchun yo‘llarning alohida joylarida o‘rnatiladi. Uning uzunligi yo‘lning enidan kalta bo‘lishi mumkin emas (har ikkala tomonda 0,2 metrdan ortiq bo‘lmagan cheklanish bo‘lishi joiz). Bundan tashqari, joylarda sun’iy to’siq o‘rnatish uchun yo‘l hududida oqova ariq tashkillashtirish hamda haydovchilarni sun’iy notekisliklar haqida yo‘l belgilari yordamida oldindan ogohlantirish zarur.

Sun’iy notekisliklarni asfalt-beton va sement-beton qoplamalarga ega yo‘llarda o‘rnatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sun’iy notekisliklarni quyidagi joylarda o‘rnatish mumkin:

·        bolalar va yoshlar ta’lim-tarbiya muassasalari yonida tartibga solinmagan yer usti piyodalar yo‘lakchalaridan 10-15 metr oldinroq;

·        avariyaviylik sabablari tahliliga ko‘ra yo‘llarning ma’lum qismlarida, ayniqsa, bolalar va yoshlar ta’lim-tarbiya muassasalari oldidagi xavfli hududlar boshida, bolalar maydonchasi, jamoat dam olish joylarida, stadionlar, vokzallar, do‘kon va piyodalar jamlanadigan boshqa obyektlar oldida;

·        3.24 “Yuqori tezlik cheklangan”, 5.38 “Turar joy dahasi” yo‘l belgilari tomonidan o‘rnatilgan 40 kilometr/sekundgacha tezlik cheklovi joriy qilingan yo‘llarning xavfli joylari oldida;

·        kesib o‘tiladigan yo‘l bo‘yicha yaqinlashayotgan, transport vositalar ko‘rinuvchanligi ta’minlanmagan tartibga solinmagan chorrahalar oldida, 2.5 “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan” belgisidan 30 metrdan 50 metrgacha masofada;

·        1.21 “Bolalar” belgisining amal qilish hududi bo‘ylab har 50 metr masofada.

Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar, yo‘laklar soni 4 va undan ortiq bo‘lgan respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llarda (aholi soni 1000 kishidan ortiq bo‘lgan qishloq va shaharlar bo‘ylab o‘tgan yo‘llardan tashqari), jamoat transporti to‘xtash maydonchalari yoki ularga qo‘shni harakat yo‘laklarida, ko‘priklar, ko‘prik yo‘llar, osma ko‘priklar, tunnellar va ko‘prik osti yo‘llarida, shaharlardagi tezlikda harakatlanish magistral yo‘llarida va umumshahar ahamiyatiga ega to‘xtovsiz harakat magistral ko‘chalarida; shifoxonalarga, tez tibbiy yordam bekatlariga, yong‘in xavfsizligi bekatlariga, avtobus va trolleybus xiyobonlariga, garaj va turargoh maydonchalariga kirish yo‘llarida sun’iy notekisliklar o‘rnatish taqiqlanadi.

Estatib o’tamiz, amaldagi Yo’l harakati qoidalarining 4-bandiga ko’ra tegishli vakolatga ega bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga o‘zboshimchalik bilan “sun’iy notekislik” qurilmalarini o‘rnatish taqiqlanadi.

Nurafshon shahar adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi B. Fozilbekov