Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Mamlakatimizdagi amaldagi mehnat kodeksi uzoq yillar mobaynida mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solishda katta xizmat qilib keldi deyish mumkin.


Mamlakatimizdagi amaldagi mehnat kodeksi uzoq yillar mobaynida mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solishda katta xizmat qilib keldi deyish mumkin.

1995-yilda qabul qilingan Mehnat kodeksi tilimizda yangi soʻz sifatida kirib kelgan “Gender tengligi” tushunchasini tom maʼnoda oʻzida mujassam etib, ayol xodimlarimizni huquqlarini taʼminlashda asosiy oʻrin egallagan edi.

Zamon oʻzgarmoqda, insonlar va ularning talablari, ishga boʻlgan munosabati va ish beruvchi va xodim sifatida bir-biriga boʻlgan munosabati xam oʻzgacha ruxda shakllanmoqda.

Shunday ekan yangi qabul qilingan mehnat kodeksi xam shunga mos va xos tarzda oʻgarishini zamonning oʻzi taqozo etdi.

Shu sababli, normativ huquqiy hujjatlar qatorida yangi Mehnat kodeksi xam oʻylaymizki ish beruvchi va xodimlarning huquqlarini yanada yaqqol kuzgu sifatida maydonga chiqib ximoya qilishiga umid qilamiz.      

Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ-798, 28.10.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi

Kodeksga koʻra, yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bogʻliq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy prinsiplari etib quyidagilar belgilandi:

▫️mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashgʻulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash;

▫️mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash;

▫️mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik;

▫️mehnat huquqlari taʼminlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi;

▫️xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yoʻl qoʻyilmasligi.

Jumladan, mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga boʻlgan oʻz qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashgʻulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatadi.

Davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydi.

Bunda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

▫ 14 yoshga toʻlmagan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz ota-ona, shuningdek koʻp bolali oilalardagi ota-onalar;

▫️ umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablari va kollejlari hamda texnikumlarini tamomlab, kasbga ega boʻlgan yoshlar;

▫️“Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy taʼlim tashkilotlarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari;

▫️ Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati qoʻshinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar;

▫️ nogironligi boʻlgan shaxslar;

▫️ pensiyaoldi yoshidagi shaxslar (qonunda belgilangan pensiya yoshiga qadar ikki yil oldin);

▫️ jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar yoki sudning qaroriga koʻra oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar;

▫️ odam savdosidan jabrlanganlar.

 Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.

 Qonun kuchga kirishi bilan “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonun oʻz kuchini yoʻqotadi.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi, Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Sh.Abduvaliyev