Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Xususiy notarial faoliyat boʻyicha malaka imtihonini tashkil etish.


Xususiy notarial faoliyat boʻyicha malaka imtihonini tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasining «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida»gi hamda «Notariat toʻgʻrisida»gi qonunlari, shuningdek xususiy notarial faoliyat boʻyicha malaka imtihoni tashkil etilishini takomillashtirish hamda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatini axborot tizimlari orqali onlayn tarzda litsenziyalashni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi:

2022-yil 1-iyuldan boshlab xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish toʻgʻrisidagi arizani topshirish, qabul qilish va koʻrib chiqish, shuningdek litsenziyani berish va qayta rasmiylashtirish jarayoni bilan bogʻliq barcha tartib-taomillar “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishi belgilandi. Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini topshirish istagida boʻlgan jismoniy shaxslarga qoʻyiladigan talablar, malaka imtihonida ishtirok etish uchun murojaat qilish, uni koʻrib chiqish hamda malaka imtihonini tashkil etish tartibini nazarda tutuvchi Xususiy notarial faoliyat boʻyicha malaka imtihonini tashkil etish yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ;

xususiy notarial faoliyatni amalga oshirish talablari va shartlari, litsenziya olish uchun ariza berish, uni koʻrib chiqish va litsenziya berish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish hamda litsenziyalarning davlat reestrini yuritish tartibini nazarda tutuvchi Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanishi belgilandi.

Maʼmuriy reglament xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini topshirish istagida boʻlgan jismoniy shaxslarga malaka imtihonida ishtirok etish uchun murojaat qilish, uni koʻrib chiqish hamda malaka imtihonini tashkil etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.

Adliya vazirligining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.

Davlat xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali komissiya tomonidan koʻrsatiladi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun murojaat qilish, uni koʻrib chiqish hamda malaka imtihonini tashkil etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish Reglamentga muvofiq amalga oshiriladi.

“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq, talabgor 25 yoshdan kichik va 65 yoshdan katta boʻlmasligi, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida 3 yillik ish stajiga ega boʻlishi, shu jumladan notarial idorada kamida 1 yil stajirovka oʻtagan boʻlishi shart.

Sudyalik lavozimida kamida 5 yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq lavozimlarida kamida 3 yil ishlagan shaxslar stajirovkadan oʻtmasdan malaka imtihonida ishtirok etishga haqli.

Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining boshqaruv xodimi (notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq boʻlmagan) yoki advokat sifatida kamida 3 yil ishlagan, biroq vakolati tugatilgan vaqtdan boshlab 5 yil oʻtmagan shaxslar 6 oy stajirovka oʻtaydi.

Quyidagilar notarius boʻlishi mumkin emas:

muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;

qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;

notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs — uch yil mobaynida.

Angren shaxar Davlat xizmatlari markazi server menejer F.A. Xodjamberdiyeva