Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YOʻLOVCHILARNI, SHUNINGDEK YUKLARNI XALQARO YOʻNALISHLAR BOʻYICHA TASHISH FAOLIYATINI LITSENZIYALASH.


AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YOʻLOVCHILARNI, SHUNINGDEK YUKLARNI XALQARO      YOʻNALISHLAR BOʻYICHA TASHISH FAOLIYATINI LITSENZIYALASH.

Litsenziya varaqasi — litsenziya talablari va shartlariga majburiy tarzda rioya qilingan holda yoʻlovchilar va yuklarni tashishda foydalaniladigan har bir avtotransport vositasiga litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun beriladigan ruxsatnoma.

Tijorat asosida yoʻlovchilarni va yuklarni tashish — tijorat asosida, yaʼni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish yoʻli bilan avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni va yuklarni tashish xizmatini koʻrsatish natijasida daromad olish.

Tijorat asosida amalga oshiriladigan yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati litsenziyalanadi.

Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish huquqi uchun namunaviy litsenziyalar beriladi.

Ariza beruvchining soʻrovnomasiga koʻra litsenziya quyidagi faoliyat turlari uchun beriladi:

a) yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo mikroavtobus hamda avtobuslarda tashish;

b) yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobillarda tashish;

v) yoʻlovchilarni xalqaro avtobuslarda tashish;

g) yoʻlovchilarni xalqaro mikroavtobuslarda tashish;

d) yoʻlovchilarni xalqaro yengil avtomobillarda tashish;

ye) yuklarni avtomobil transportida xalqaro tashish.

Quyidagilar avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

litsenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularni shaylashda qonun hujjatlariga, tashish qoidalariga majburiy rioya qilinishi, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi;

yuridik shaxs shtatida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va avtotransportlardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan, belgilangan tartibda transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dasturlar boʻyicha malakasini oshirib, malaka imtihonidan oʻtgan mansabdor shaxslarning mavjud boʻlishi;

litsenziat foydalanayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya varaqasi mavjud boʻlishi;

avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtganligini va texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud boʻlishi;

qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli tashilishi;

tenderlar natijalari boʻyicha, vakolatli organlar bilan shartnoma asosida yoʻlovchilarni yoʻlovchilar huquqlariga, harakatlanishning belgilangan jadvallariga, transportda yurish tariflariga rioya etgan, yoʻlovchilarning belgilangan toifalarini bepul va imtiyozli tarzda tashishni taʼminlagan, qoida buzish, antisanitariya holatlariga, xizmat koʻrsatish sifatining past boʻlishiga yoʻl qoʻymagan holda avtomobilda muntazam tashish (yoʻnalishsiz taksilardan tashqari);

tashish va yongʻin xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik jihatdan soz holatda saqlash, uni asrash, texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnika xavfsizligini taʼminlash, avtotransport vositalarini yoʻlga chiqishdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

yangidan olinayotgan va toʻldirilayotgan avtotransport vositalariga litsenziatlar tomonidan qoʻshimcha litsenziya varaqalarining oʻz vaqtida olinishi;

shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishda avtomobilda tashishlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalarida servis ustaxonasining tamgʻasi qoʻyilgan nazorat priborlari (taxograflar) mavjud boʻlishi;

yoʻnalishsiz taksilarning texnik holati va asbob-uskunalarning yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga, tashqi koʻrinishiga va anjomlariga, yagona tanish belgilari bilan jihozlashga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi.

litsenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularni shaylashda qonun hujjatlariga, tashish qoidalariga majburiy rioya qilinishi, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi;

yuridik shaxs shtatida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va avtotransportlardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan, belgilangan tartibda transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dasturlar boʻyicha malakasini oshirib, malaka imtihonidan oʻtgan mansabdor shaxslarning mavjud boʻlishi;

litsenziat foydalanayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya varaqasi mavjud boʻlishi;

avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtganligini va texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud boʻlishi;

qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli tashilishi;

tenderlar natijalari boʻyicha, vakolatli organlar bilan shartnoma asosida yoʻlovchilarni yoʻlovchilar huquqlariga, harakatlanishning belgilangan jadvallariga, transportda yurish tariflariga rioya etgan, yoʻlovchilarning belgilangan toifalarini bepul va imtiyozli tarzda tashishni taʼminlagan, qoida buzish, antisanitariya holatlariga, xizmat koʻrsatish sifatining past boʻlishiga yoʻl qoʻymagan holda avtomobilda muntazam tashish (yoʻnalishsiz taksilardan tashqari);

tashish va yongʻin xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik jihatdan soz holatda saqlash, uni asrash, texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnika xavfsizligini taʼminlash, avtotransport vositalarini yoʻlga chiqishdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

Litsenziya varaqalarini berish uchun toʻlovlar belgilangan muddatlarda toʻlanmagan taqdirda, ariza beruvchi litsenziya varaqalarini berish yuzasidan umumiy tartibda qayta murojaat qilishga haqli.

Angren shaxar Davlat xizmatlari markazi xodimi

F.A.Xodjamberdiyeva