Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Diplom dublikatini olish tartibi soddalashtirildi.


Diplom dublikatini olish tartibi soddalashtirildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida 2020 — 2022-yillarda taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, yoshlar, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash sohalarini raqamli transformatsiya qilish dasturining 16-bandiga muvofiq oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi diplomlar dublikatini berish davlat xizmati joriy yetildi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 395-son qarori jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi)ga davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali davlat namunasidagi taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni beruvchi Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar va professional taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkiloti)ni tamomlagan, maʼlumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yoʻqolgan yoki foydalanish uchun oʻzining asl holatini yoʻqotgan, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargan taqdirda, dublikat berish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi. Oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar va professional taʼlim olganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlar hamda uning dublikati bir xil yuridik kuchga yega boʻladi. Ushbu Reglament harbiy oliy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq yetilmaydi.

Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq yetish markazi hamda Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) tomonidan koʻrsatiladi.

 

 

 

Angren shahar Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi B.Xolmatova