Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Elektron imzoni onlayn olamiz!


Elektron imzoni onlayn olamiz!

 

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalanishni kengaytirish maqsadida, elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini olishni masofadan amalga oshirish imkoniyatlari yaratilgan. Bunda Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni taʼminlaydigan elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi belgilangan.

ERI — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERIning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda ERI ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va ERI yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.

ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun yuridik shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlaridan bazaviy hisoblash miqdorining
10 foizi, jismoniy shaxslardan esa 7 foizi miqdorida yigʻim undiriladi, qonun hujjatlarida ERI kalitlarining sertifikatlarini bepul olish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali murojaat qilingan hollarda
(e-imzo.uz) murojaat qiluvchi mustaqil ravishda elektron shaklda davlat xizmatlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani toʻldiradi va soʻrovnomaga elektron murojaat qiluvchining pasporti (ID-karta) nusxasi hamda pasportning asosiy sahifasi (ID-karta) bilan birgalikda selfi usulida olingan fotosurat nusxasi ilova qilinadi. Bunda ilova qilinayotgan fotosurat nusxasida murojaat qiluvchi yuz qiyofasi tiniq koʻringan hamda pasportning asosiy sahifasi (ID-karta) barcha rekvizitlari oʻqib boʻladigan sifatda boʻlishi shart.

ERI kalitining sertifikatini berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali tushgan hollarda, bir ish kuni ichida undagi maʼlumotlar Davlat xizmatlari markazi xodimining ERI bilan tasdiqlangan holda vakolatli organning axborot tizimiga idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yoʻli bilan yuboriladi.

Bunda Davlat xizmatlari markazi xodimi soʻrovnomani vakolatli organga yuborishdan oldin murojaat qiluvchining shaxsini aniqlash uchun quyidagilarni amalga oshiradi:

- soʻrovnomada koʻrsatilgan mobil aloqa abonent raqami murojaat qiluvchiga tegishliligini idoralararo maʼlumotlar almashish tizimi orqali tekshiradi;

- murojaat qiluvchining pasporti (ID-karta) asosiy sahifasining va selfi-foto nusxasi boʻyicha pasportning (ID-kartaning) haqiqiyligini idoralararo maʼlumotlar almashish tizimi orqali tekshiradi;

- murojaat qiluvchining STIR orqali vakolatli organ axborot tizimidagi maʼlumotlarni soʻrovnomadagi maʼlumotlar bilan idoralararo maʼlumotlar almashish tizimi orqali solishtiradi.

ERI yopiq kalitining paroli vakolatli organ tomonidan soʻrovnomada koʻrsatilgan mobil telefon raqamiga sms-xabar shaklida yuboriladi. ERI yopiq kaliti egasining Davlat xizmatlari markaziga bevosita qilgan murojaatiga asosan soʻrovnomada koʻrsatilgan mobil telefon raqami oʻzgartirilishi yoki ERI yopiq kalitining paroli qayta yuborilishi mumkin. ERI kaliti sertifikati Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali olinganda, ERI yopiq kaliti egasi ERI kalitining sertifikatini hamda chop etishga moʻljallangan elektron hujjat shaklidagi nusxasini Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi tizimida tasdiqlagan holda yuklab oladi.

 

 

Eslatib oʻtamiz, onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi YAIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtishingiz kerak.

 

 

 

 

Angren shahar Davlat xizmatlari markazi

Hisoblash texnikasi operatori

S.Shomizailxonov