Янгиликлар
Paxta tozalash sanoatida bir mavsum ishlash bir yil mehnat stajiga oʼtadi
Paxta tozalash sanoatida bir mavsum ishlash bir yil mehnat stajiga oʼtadi
Toʼliq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga oʼtadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari quyidagilardir:
Paxta tozalash sanoati korxonalaridagi ishlar:
paxtani quritish; paxtani tozalash;paxtani yuklash, tushirish; paxtani pnevmo transportga ortish; uritish-tozalash sexini yigʼishtirish va isitish, ishlab chiqarish chiqindilarini chiqarib tashlash.
Sanoatning qand-shakar va konserva ishlab chiqarish tarmoqlari korxonalaridagi ishlar.
Ipakchilik tarmogʼi korxonalari va fermer hoʼjaliklaridagi ishlar:
tut urugʼi tayyorlash; tut nihollari va tut koʼchatlari yetishtirish; tut ipak qurti urugʼlarini inkubatoriyalarda jonlantirish; tut ipak qurtini parvarishlash; tirik va quruq pillani saralash; tirik pillani quritish; pillani qoʼl kuchi yordamida tashish; pilladan namunalar olish (laboratoriyada saralash uchun); urugʼchilik korxonalarida kapalaklarni jinslarga ajratish; tut ipak qurti urugʼlarini mikrotahlildan oʼtkazish; tut ipak qurti urugʼlariga ishlov berish; ut ipak qurti urugʼlarini qishlash davridagi ishlar; tut ipak qurti urugʼlarini qadoqlash va yorliqlash.
Qyui Chirchiq tuman adliya bo’limi
bosh maslahatchisi Zafar Jumanov