Янгиликлар
Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish
Koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish
Koʼchmas mulkning quyidagi turlariga boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishga nisbatan tatbiq etiladi:
er uchastkalariga; binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obʼektlarga; koʼp yillik dov-daraxtlarga; mulkiy majmua sifatidagi korxonaga.
Koʼchmas mulkka boʼlgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat roʼyxatidan oʼtkazilishi lozim:
mulk huquqi; doimiy egalik qilish huquqi; doimiy foydalanish huquqi;
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi; ijara huquqi; ikkilamchi ijara huquqi; xoʼjalik yuritish huquqi; operativ boshqarish huquqi; koʼchmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi; bepul foydalanish huquqi; renta; ipoteka; servitut; koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarga qoʼyilgan cheklovlar.
Binolarga, inshootlarga hamda qurilishi tugallanmagan obʼektlarga boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish ushbu koʼchmas mulk joylashgan yer uchastkasiga boʼlgan huquqlar davlat roʼyxatidan oʼtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.
Koʼchmas mulkning kadastr yigʼmajildini shakllantirish uchun quyidagilar asos boʼladi:
er uchastkalarining belgilanganligi (realizatsiya qilinganligi); binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi; belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obʼektning mavjudligi; koʼchmas mulkning boʼlinganligi; koʼchmas mulkning birlashtirilganligi.
Davlat reestri koʼchmas mulk, unga boʼlgan huquqlar, shuningdek huquq egalari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasi tarzdagi tizimlashtirilgan maʼlumotlar toʼplamidan iboratdir.
Qyui Chirchiq tuman adliya bo’limi
bosh maslahatchisi Z.Jumanov