Янгиликлар
Barcha attraktsionlarda ogohlantirish vositalari boʼlishi kerak
Barcha attraktsionlarda ogohlantirish vositalari boʼlishi kerak
677–sonli Hukumat qarori bilan Аttraktsionlar xavfsizligi toʼgʼrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi
Ma’lumki Reglamentga koʼra, attraktsion boshqarish tizimlari ogohlantirish signalizatsiyasi va xavfli vaziyatlar vujudga kelishiga olib keladigan attraktsion ishlashidagi nosozliklar haqida ogohlantirish uchun boshqa vositalarni oʼz ichiga oladi.
Attraktsionning ishlashidagi nosozliklar haqida ogohlantirish vositalari operator tomonidan maʼlumotlarning xatosiz, ishonchli va tez qabul qilinishini taʼminlashi lozim. Attraktsionni ishga tushirish, shuningdek, toʼxtatilgandan keyin qayta ishga tushirish faqat ishga tushirishni boshqarish organi orqali amalga oshiriladi. Аttraktsionlarning harakatlanuvchi qismlari ular shikast yetkazishi mumkin boʼlgan zonalarga odamlar kirishining oldini oluvchi toʼsiqlar bilan jihozlangan boʼlishi zarur. Attraktsionning barcha toʼsiqlari shunday mahkamlangan boʼlishi kerakki, ular faqat asboblar yordamida ochiladigan boʼlishi shart. Toʼsiqlarning eshiklari qulflanuvchi moslama bilan jihozlanishi kerak. Zanjir, arqon yoki kamarning yigʼish birligi hisoblanmaydigan har bir qismi tamgʼalangan boʼlishi, agar buning iloji boʼlmasa, ishlab chiqaruvchi nomi va uning joylashgan joyi koʼrsatilgan taxtacha yoki yechilmaydigan halqaga ega boʼlishi kerak. Аttraktsionga kirish joyi oldida sogʼligʼi, yoshi, boʼyi va vazni boʼyicha attraktsiondan foydalanishga oid cheklovlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar joylashtirilishi lozim. Har bir foydalanilayotgan attraktsionga kirish joyi oldida soʼnggi yillik tekshiruv oʼtkazilgan sana va keyingi yillik tekshiruvni oʼtkazish sanasi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga oluvchi axborot taxtachasi joylashtirilishi kerak.
Qyui Chirchiq tuman adliya bo’limi
bosh maslahatchisi Z.Jumanov