Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Majburiy mehnat natijasida yetkazilgan mulkiy va maʼnaviy zararni undirish tartibi.


Majburiy mehnat natijasida yetkazilgan mulkiy va maʼnaviy zararni undirish tartibi.

 

Bolalar mehnati va majburiy mehnat oʼrtasida qanday farq bor?

Majburiy yoki ixtiyoriy boʼlishidan qatʼi nazar, maʼlum mehnat turlarida voyaga yetmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi.

“Voyaga yetmaganlarning mehnatidan foydalanishga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha talablar toʼgʼrisida” Nizomning 4-bandiga koʼra, belgilab qoʼyilgan normadan ortiq ogʼir yuk koʼtarish va tashish bilan bogʼliq boʼlgan ishlarda 18 yoshga toʼlmagan shaxslar mehnatidan foydalanishga yoʼl qoʼyilmaydi.

Bolalar koʼtarishi mumkin boʼlmagan ogʼirlik normalari 18 yoshga toʼlmagan shaxslar koʼtarishlari va tashishlari mumkin boʼlgan ogʼir yuk normalarining chegarasini belgilash toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash toʼgʼrisidagi Qarorda belgilangan.

Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 49-1-moddasiga koʼra, voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yoʼl qoʼymaslik toʼgʼrisidagi talablarni buzgan, voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sogʼligʼi, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon etkazishi mumkin boʼlgan ishlarda foydalangan shaxslarga nisbatan eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solinadi. Аgar bu majburiy mehnatga jalb etish huquqbuzarligi bilan birgalikda sodir etilsa, ogʼirlashtiruvchi holat hisoblanib, koʼriladigan jazo choralari shunga muvofiq yanada kuchaytiriladi.

 

 

Qyui Chirchiq tuman adliya bo’limi

Yetakchi maslahatchisi Abdulaziz Kazimbayev