Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Nogiron farzandi bor shaxslarning pensiya chiqishdagi imtiyozlari


     

   Nogiron farzandi bor shaxslarning pensiya chiqishdagi imtiyozlari

 

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida” gi qonunning 3-moddasida nazarda tutilishicha, fuqarolar pensiya tayinlanishi xususida unga doir huquq vujudga kelganidan keyin istalgan vaqtda murojaat qilishlari mumkin. Taʼkidlash lozimki, mamlakatimiz aholisi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida” gi qonunda belgilangan tartibda davlat tomonidan pensiya bilan taʼminlanish huquqiga ega. Mazkur qonunning 7-moddasiga koʼra:

• erkaklar – 60 yoshga toʼlganda va ish staji kamida 25 yil boʼlganda;

• ayollar – 55 yoshga toʼlganda va ish staji kamida 20 yil boʼlgan taqdirda yoshga doir pensiya olish huquqiga egadirlar.

Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyalar olish huquqiga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʼrsatkichlarning 1, 2 va 3-son roʼyxatlariga asosan alohida toifadagi fuqarolar egadirlar:

1-son roʼyxat – yoshidan qatʼiy nazar;

2-son roʼyxat – umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirgan holda;

3-son roʼyxat – umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirgan holda.

Umumiy belgilangan yoshni qisqartirgan holda imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqiga, shuningdek:

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida” gi Qonunining 37-moddasining «a», «b», «v» va «g» bandlarida nazarda tutilgan kamida yigirma yillik ish staji boʼlgan ayollar - 1 yilga qisqartirgan holda (ellik toʼrt yoshga toʼlganda pensiya olish huquqiga ega boʼladilar) urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar va bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan boʼlsa — ish staji kamida 20 yil boʼlgan taqdirda. Basharti, ayol oʼgay oʼgʼil va oʼgay qizni ular 8 yoshga toʼlguniga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan boʼlsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi – 5 yilga qisqartirgan holda;

Demak, bolalikdan nogiron farzandingiz borligini inobatga olsak imtiyozli shartda 5 yilga qisqartirilgan holda pensiyaga chiqishingiz mumkin deb hisoblaymiz.

 

Quyi Chirchiq tuman adliya

boʼlimi boshligʼi Joʼshqin Badalov